Maqolalar mavzulari

Davlat imtihonlari oldidan bir necha foydali tavsiyalar!!!

     1. Tanaffuslar qiling. Bu o‘zingizni erkin qo‘yishingiz va yangi ma'lumotlarni to‘g‘ri taqsimlashingiz            uchun yordam beradi.      2. Telefonni o‘chiring, ijtimoiy tarmoqlarga kirmang, televizor yoniga yaqinlashmang. Bunday          ishtiyoqlarga qarshi kurashishda o‘zingizda kuch topishingiz zarur.      3. To‘yib uõlang.      4. Ovqatlanish haqida unutmang: bu organizmga qo‘shimcha kuch bag‘ishlaydi. Biroq haddan ziyod              to‘yib ovqatlanish zararli. Odatda to‘yimli taomlar iste'mol qilish kishini uyquga tortadi va o‘rganishni            istamay qolasiz.      5. Stressli holatlar va odamlarning salbiy fikrlaridan qochishga harakat qiling.Tayyorgarlik vaqtidagi                sharoit maksimal darajada yoqimli bo‘lishi..
To`liq matn

Chop etildi: 07.08.2016

Joriy yilda qaysi OTM nechta talaba qabul qiladi? (bakalavr)

2016 yil 25 may kuni O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti “2016/2017 o‘quv yilida O‘zbekiston Respublikasining oliy ta'lim muassasalariga o‘qishga qabul qilish to‘g‘risida”gi qarorga imzo chekdi. Prezident qarorida ta'kidlanishicha, iqtisodiyot tarmoqlari va sektorlarining oliy ma'lumotli mutaõassislar bilan amalda ta'minlanganligini ekspertizadan o‘tkazib baholash natijalariga ko‘ra bakalavriat tayyorlashning 18 ta yangi mutaõassisligi joriy etilishini nazarda tutuvchi oliy ta'lim yo‘nalishlari va mutaõassisliklari ro‘yõatiga tegishli o‘zgartirishlar kiritildi. Joriy yildagi oliy ta'lim muassasalariga talabalarni qabul qilish kvotasiga ko‘ra, bakalavr ta'lim yo‘nalishiga 57 907 nafar talaba qabul qilinadi. Shularning 19 120 nafari davlat grantida va 38 787 nafari to‘lov-kontrakt bo‘yicha tahsil oladi. O‘tgan yil bilan solishtirsak, umumiy qabul kvotalar soni bo‘yicha o‘zgarish kuzatilmagan. Shuningdek, qarorda: magistrlarni 5000 nafar, shu jumladan, davlat grantlari bo‘yicha – 1548 ..
To`liq matn

Chop etildi: 10.08.2016

Men – hech kim

Bilasizmi, dunyoda har kim kimdir bo’lishga harakat qilib yashaydi: ota-ona, opa-singil, og’a-ini, o’g’il-qiz, do’st-birodar, tanish-bilish, qonqarindosh, quda-anda, mahbub, erkatoy, yetakchi, ergashuvchi – qo’yingki, kimdir. Har birimiz hayot degan spektaklda qandaydir rolga ega bo’lishga intilamiz. To’g’ri-da – hayotda hech kim bo’lishdan yomon narsa yo’q. Barchamiz bu dunyoga kelishimiz bilan hayot bizga qandaydir rol beradi. Tug’ilgandan keyingina biz kimdir bo’lamiz. Xo’sh, tug’ilishdan avval kim edik? O’limimizdan keyin kim bo’lamiz? Savol qiyinmi? Bema’nimi? Ixlossizmi? Ammo uning javobi juda oddiy – hech kim. Odamzod xuddi sahnaga chiqqan aktyordek bu hayotga keladida, rol o’ynay boshlaydi. Ammo u bu rolga borlig’i bilan berilib, uni haqiqat deb qabul qilib o’ynaydi. U o’z roliga shu qadar berilib ketadiki, har doim shu rol uniki bo’lgandek his qiladi o’zini. U hozir Afandimi, tug’ulishdan oldin ham Afandi edi, o’limidan keyin ham Afandi bo’lib qoladi go’yo. Boshqacha qilib ayt..
To`liq matn

Chop etildi: 13.08.2016

QANDAY QILIB YALQOVLIK BILAN KURASHISH MUMKIN???

Birinchidan, yalqovlik va charchoq tushunchalarini bir-biridan ajratib olish zarur. Bekorchidan Xudo bezor deyishadi, ammo shunday paytlar bo'ladiki, odam dam olishga, o'zini tiklab olishga ehtiyoj sezadi. Axir ko'pchilik hollarda yalqovlik orqasida chinakam charchoq yashiringan bo'ladi. Shaharda axborotlar shu darajada to'lib-toshganki, organizmda kechadigan jarayonlar o'z-o'zidan sekinlashib, to'xtab qoladi. Ikkinchidan, zaxiradagi barcha sarf-xarajatlarni va qiyinchiliklarni hisobga olish zarur. Kishida "O'zi nima istayman?" degan savol paydo bo'lishi kerak. Bunga javob topgach, nimalardan voz kechishga to'g'ri kelishi va ro'y bergan o'zgarishlar atrofdagilarga qanday ta'sir ko'rsatishini tushunib olish lozim. Uchinchidan, muhim ishlar rejasini aniq tuzib olish darkor. Kerakli masala bo'yicha qo'shimcha ma'lumotlar to'plab, yana nimalar qilish mumkinligi haqida bosh qotirish shart. Bunda zaxiradagi imkoniyatlarga qaratish kerak. Oxirida ishni bajarishga kirishib, vazifalarni amal..
To`liq matn

Chop etildi: 16.08.2016

Sevgiga Munosabatingiz Qanday? (Faqat qizlar uchun)

Muhabbat hech qanday so'roq va surishtiruvlarsiz istagan vaqtda qalblarni zabt etishi mumkin. Bizga ilhom beradigan muhabbat insonni tubdan o'zgartirib yuborishga qodir kuch sanaladi. Qalbingizga muhabbat kirib kelsa, siz nafaqat o'zingizni yoki ko'ngil qo'ygan odamingizni, balki u bilan birga butun olamni seva boshlaysiz. O'zingizni xuddi samolarda uchib yurgandek his etasiz, odamlarga qo'lingizdan kelgan barcha yaxshiliklarni qilishga urinasiz. Mana shu muhabbat alangasi so'nib qolmasligi uchun uni har doim asrab-avaylash lozim. Kezi kelganda o'z kechinmalaringizni kim bilandir o'rtoqlashib, kimning kechinmalariga quloq tuta olish ham kerak. Shunda o'zingizning tutayotgan yo'lingizni to'g'ri baholay olasiz. Buning uchun siz nafaqat sevgan insoningizga balki butun atrofingizdagilarga va bo'layotgan voqealarga loqayd qaramasligingiz lozim. Buning natijasida siz o'zingizni doimo baxtli sezasiz, hayotdan bahra olib quvonasiz. Siz sevishga tayyormisiz? Sizning muhabbat tuyg'usiga bo'..
To`liq matn

Chop etildi: 19.08.2016

William Faulknerning nobel mukofoti bilan taqdirlash marosimida so'zlagan nutqi!!!

Davrimizning fojiasi shundaki, biz, hammamiz yoppasiga hayvoniy qo'rquv bilan yashab kelmoqdamiz. BU - uzoq vaqtdan beri davom etib kelayotganidan qo'rquvga o'rganib ham qoldik. Inson ruhiyatiga tegishli hamma masalalardan faqat bittasi qoldi: qachon bizni qirib tashlasharkan? Shuning uchun ham hozirgi yosh qalam - kashlar haqiqiy adabiy va azob chekishga arziydigan mavzu odam o'zi bilan o'zi kurashishi maummosini unutib qo'yadilar. Yozuvchi bular haqida o'ylab ko'rishi, qo'rquv eng pastkash hissiyot ekanini tushunib yetishi va nihoyat, o'z "USTAXONASIDAN" yurak haqiqatini, asarni abadiylikka doxil qiladigan muhabbat, or-nomus, muruvvat, g'urur, rahm-shafqat, fidoyilik kabi azaliy va abadiy qadriyatlardan boshqa barchasini chiqarib tashlamog'i kerak. Agarda yozuvchi shunday qilmas ekan, uning asari ustida la'nat toshlari o'ynab turadi. U muhabbat haqida emas, shahvoniyat, beziyon mag'lubiyatlar, umidsiz g'alabalar haqida va eng yomoni - achinmasdan, hamdard bo'lolmasdan yozadi. Uning q..
To`liq matn

Chop etildi: 22.08.2016

G‘ayrioddiy sahifalangan kitoblar

Kitob do‘konlariga kirganda chiroyli qilib ishlangan kitoblarni ko‘ramiz-u, ularni xarid qilgimiz keladi. Ba'zi insonlar borki, ular kitob nima haqida ekanligini bilmasdan ham, bejirim, noodatiy bo‘lgan kitoblarni yig‘ishni xush ko‘radilar. Ular buni o‘zlarining “hobby”lari deb atashadi. Biz ham ana shu “hobby” egalariga g‘ayrioddiy bo‘lgan kitoblarni taqdim etmoqchimiz. Gollandiyalik yosh dizayner Job Van Rijn tomonidan yaratilgan kitob. U bir ko‘rishda g‘alati, ammo kayfiyatni ko‘taruvchi dizaynga ega. Kitob ixchamgina bo‘lib, o‘lchami 90x60mm ga teng. Illustrator Evan Lorenzen kitobxonlarga tirnoq o‘lchamidagi kitobni taqdim etdi. Ushbu kitob o‘quvchilar tomonidan qo‘l mehnati yordamida yaratilgan eng noyob buyum sifatida e'tirof etildi. Hajmi kichik bo‘lishiga qaramay, undagi suratlar tushunarli holda tasvirlangan. Ushbu kitobda yerning yaralish tarixiga oid voqea-hodisalar jamlangan. San'atkor Brayn Dettmer kitoblarni bo‘laklarga bo‘lish orqali, o‘..
To`liq matn

Chop etildi: 25.08.2016

Imtihonlarga tayyorgarlik: qanday qilib ko‘p ma'lumotni eslab qolish mumkin?

O‘z o‘rganish uslubingizni aniqlab oling Barchamiz har xil insonlarmiz, shuning uchun imtihonlarga tayyorlanish strategiyasi ham farqlanadi. O‘z qobiliyatlaringizdan kelib chiqing. Agarda siz audial bo‘lsangiz darsliklarni va konspektlarni ovozingizni chiqarib o‘qing, agar kinestetik bo‘lsangiz – o‘z konspektlaringiz asosida shpargalkalar yozing va javoblaringizning rejalarini tuzib chiqing. Agar har bir yangi mavzuni avvalgilarisiz tushunishni iloji bo‘lmasa, unda faqat bir yo‘li qoladi: barchasini tartib bilan o‘rganing. Shuningdek, murakkab savollardan boshlash kerak, degan tushuncha bor. Ular uchun yetarlicha vaqt ajratish kerak. Yaxshisi ularni toliqmasingizdan avvalroq o‘rganishni boshlasangiz yaxshi bo‘ladi. Oson savollarni keyingiga qoldiring. Yodlab olishga emas, tushunishga harakat qiling Yodlab olish — yutqazib qo‘yishga olib keladi. Bundan tashqari, u uzoq vaqtni o‘g‘irlaydi. Savollardagi mantiqiy aloqalarni qidiring, bog‘liqliklarni o‘ylab toping. Al..
To`liq matn

Chop etildi: 25.08.2016

Miyani rivojlantirishning 5 samarali usuli

Har qanday ishda yuqori natijalarga erishishni istaysizmi? U holda buning uchun qulay sharoit yaratish haqida ham o‘ylang. Masalan, oshirma xamirni yomon kayfiyatda, jahl bilan qilsangiz-da, tinishi uchun yelvizakli joyga qo‘ydingiz deylik. Xamiringiz yaxshi chiqarmikan?! Miya faoliyatida ham xuddi shunday. Uning yaxshi ishlashini xohlasangiz, buning uchun shunga yarasha sharoit yarating! Miyani rivojlantirishga harakat qilish tahsinga sazovor, albatta, biroq quyidagilarsiz aqliy salohiyatni yaxshilashning deyarli iloji yo‘q: To‘g‘ri ovqatlanish Sizning taomnomangizda miya uchun muhim manba hisoblanadigan mahsulotlar joy olishi shart: yong‘oq, baliq, sut-qatiq mahsulotlari, yog‘siz go‘sht, ko‘katlar, meva, sabzavotlar, don mahsulotlari, qora shokolad. Sport mashqlari Aqliy salohiyatga sportning nima aloqasi bor dersiz? Aynan jismoniy mashqlar hujayralarni kislorod bilan to‘yintirish, ishchanlikni oshirish, ortiqcha vazndan xalos bo‘lishga yordam beradi. Zararli odat..
To`liq matn

Chop etildi: 28.08.2016

Har bir ota bilishi kerak bo‘lgan narsalar

Ota bo‘lish - erkak kishining hayotidagi eng murakkab bosqichlardan biri. Qanday qilib yaxshi ota bo‘lish mumkin? Ota o‘z bolasini nimaga o‘rgatishi kerak hamda bunday holatda o‘zini qanday tutish lozim? Ba'zi odatlardan xalos bo‘lishga to‘g‘ri keladi. Oilasiga mas'ul bo‘lish uydagi tarbiyani o‘z zimmasiga olish deganidir. Kemani qaysi tomonga burish otaning o‘ziga bog‘liq. Quyidagi tavsiyalar otalar uchun foydadan xoli bo‘lmaydi. Ijtimoiy hayot Ko‘niking, endi sizning ijtimoiy hayotingiz yangi bosqichga chiqmoqda. Bola to‘g‘ri muhitda o‘sishi uchun boshqa otalar bilan birga umumiy qiziqishlar topishga to‘g‘ri keladi. Sotsiallashtirish - shaxs shakllanishining eng muhim qismlaridan biri. Yangi hayot bosqichiga moslashishingiz sizning shaxs sifatida rivojlanayotganligingizni bildiradi. Pedagog mahorati Har bir ota o‘zida pedagogik mahoratni takomillashtirishi kerak. Aynan siz bolani yangi, ulkan dunyo bilan tanishtirasiz - unga cho‘milish, yugurish, texnikadan foydalanish,..
To`liq matn

Chop etildi: 31.08.2016

Qaysar farzand bilan kelishishning oson va to‘g‘ri yo‘li

Har bir insonga farzandi bir soniya ichida o‘zgarib qolishi tanish holat bo‘lsa kerak: mana hozir u biron narsa istaydi-da, bir necha soniyalar o‘tgach, qovog‘ini uyganicha "Xohlamayman!" deydi. Yana onalarning «Nega?», «Nima bo‘ldi?» va «Sababi nima?» degan savollari javobsiz qoladi.   Loren Tamm ko‘p yillar davomida  og‘ir kasalga qarab kelgan, hozir esa baxtli rafiqa va ona. U farzandlar bilan kelishish juda mushkul ekanini tan oladi. Yomon xulqning sababi aslida nimada? Loren xonim birinchi navbatda ota-onalar quyidagilarga e'tibor qaratishini maslahat beradi: tug‘ilgan vaqt va 3 yoshga qadar bolalar xulqi hissiyotlarga javob beruvchi miya qismi tomonidan boshqariladi. Har soniyada bola miyasida 700 ta yangi neyronlar shakllanadi! Shu sababli farzandlar quloq solmaydi — sababi, ularning sho‘xligida emas, bu rivojlanish vaqtida bosh miya yanada faolroq shakllana boshlaydi, bola xulqiga esa hissiyotlar mas'uldir. Aynan shu sababli bolalar ota-onaning «Nega?», «..
To`liq matn

Chop etildi: 03.09.2016

Olimlar: Televizorni kitobga almashtirish – uzoq umr garovi

Kitob mutolaa qilish nafaqat aqlan zaiflashishning oldini oladi, balki umringizni ham uzaytiradi. Yel universiteti tadqiqotchilari bu borada ilmiy izlanish olib borib, ana shunday xulosaga kelishdi. Bu haqida newser nashri ma'lum qildi. Tadqiqotchilar 50 yoshdan oshgan 3 635 kishini mutolaaga bo‘lgan qiziqishi borasida so‘roq qilib, ularni 12 yil davomida kuzatishgan. Olimlarning so‘zlariga ko‘ra, bir haftada 3,5 soat yoki bir kunda o‘rtacha 30 daqiqa kitob o‘qish o‘lim xavfini 17 foizga qisqartirgan. Haftasiga 3,5 soatdan ko‘p kitob mutolaa qiluvchilar uchun esa o‘lim xavfi 23 foizga qisqarishi ma'lum bo‘ldi. Tadqiqotchilarning fikricha, kitoblar "bilim ko‘nikmalari"ni oshirish bilan bir qatorda "hamdardlik, ijtimoiy idrok va hissiy intellektni rivojlantirish"ga xizmat qiladi. Bu esa, o‘z navbatida, insonning yashovchanlik xususiyatini oshiradi. Gazeta va jurnallarni mutolaa qiluvchi kishilar ham umuman o‘qimaydiganlarga nisbatan ko‘proq yashashar ekan. Biroq ularning ..
To`liq matn

Chop etildi: 06.09.2016

Og‘ir damlarda yodda tutish kerak bo‘lgan 10 qoida

  Har bir insonning hayotida og‘ir damlar bo‘ladi. Atrofga yaxshilab qarasangiz, sizdan-da qiyin ahvolda qolgan kishilarni ko‘rishingiz mumkin. Hammamiz ham yo‘qotish, baxtsizlik va og‘riqli kunlardan o‘tishimizga to‘g‘ri keladi. Biroq qanday bo‘lmasin, ba'zi qoidalarni yoddan chiqarmaslik lozim. Oila, do‘stlar, his-tuyg‘ular, majburiyatlar – har doim siz bilan birga. Biz bu ro‘yxatni kengaytirib, e'tiboringizga har qanday vaziyatda yodda tutishingiz kerak bo‘lgan 10 qoidani havola qilamiz. Og‘riq – bu hayotning muayyan bir qismi, u shaxs sifatida o‘sishga yordam beradi Har bir inson hayoti bir maromda baxtli o‘tishini istaydi, albatta. Biroq sevgi har doim ham baxt keltirmaganidek, hayot ham bir tekisda ketmaydi. Mana shunday “qora kunlar”da og‘riqqa qanday munosabatda bo‘lish - bu sizning tanlovingiz. Umringiz davomida har qanday vaziyatning foydali tomonini ko‘ra biling hamda o‘zingizga kerakli xulosa chiqaring. Hayot – bu og‘riq. Kimki boshqacha so‘zlasa, d..
To`liq matn

Chop etildi: 07.09.2016

Daholarga xos bo`lgan 11 odat

Oddiy odamlar «daho» so`zini eshitganda  reallikdan yiroq bo`lgan odamni tasavvur qilishadi. Ammo psixologlar daholarning g`alati odatlari bo`lganligi haqida ishontirishmoqda. Ehtimol ichingizdan ayrimlaringiz ushbu materialni o`qib, o`zingiz yoki yaqiningizda haqiqiy dahoni tanib olarsiz. 1. Qisqa uyqu Shifokorlar bir kunda yetti-sakkiz soat uxlash kerakligini tavsiya etishsa ham daholar bu fikrga kamdan-kam amal qilishadi. Mashhur kashfiyotchi Nikola Tesla bir sutkada ikki soat uxlaganini, ba`zida esa 84 soatlab tinimsiz ishlaganini aytgan. Tarixchilar Leonardo da Vinchi har to`rt soatda 20 daqiqadan uxlagani haqidagi ma`lumotlar bor. 2. Mushuklarga bo`lgan muhabbat  Tarixdan ma`lum bo`lishicha, yuqori intellektga ega ijodkor odamlar mushuklarning ishqibozi bo`lishgan. Masalan, bu uy hayvonini Salvador Dali, Anri Matiss va Ernest Xeminguey sevgan. Tadqiqotlarning ko`rsatishicha, mushuklarning egalari juda yuqori IQ va juda yaxshi bilimga ega bo`lishadi. 3. Ta..
To`liq matn

Chop etildi: 15.09.2016

Sukunat miyaga qanday ta`sir ko’rsatadi

Ba`zi tadqiqotlar natijasiga ko’ra, bir kun mobaynida sokin sharoitda bo’lish inson salohiyatining ochilishiga turtki bo’lar ekan: sukunat hotirani faollashtiradi, ma`lumotni tahlil qilishga yordam beradi va hattoki miya hujayralari o’sishini rag’batlantiradi. Ma`lumotlarga ko’ra, baland tovushlar miya va tanaga salbiy ta`sir ko’rsatadi. Tadqiqotlar shovqinning qon bosimi oshishi, uyqu jarayonining buzilishi va yurak kasalliklarini keltirib chiqarishini aniqlashdi, deb xabar beradi “Kun” nashri.   Nautilus nashridan Deniyel Gross sukunatning inson miyasiga ijobiy ta`sir ko’rsatishiga doir batafsil izoh berdi. U musiqa tovushi va boshqa shovqin tovushlari bo’yicha bir necha tadqiqotlarni to’plab, qiziq natijalarga ega bo’ldi. Quyida sukunatning uch ustuvor tomoni haqida ma`lumot beramiz. Miyaning yangi hujayralari o’sishi D’yuk Universitetidan regenerativ biolog Imke Kirste bir guruh sichqonlarni turli shovqin tovushlari ta`siriga tushirib, sukunatni nazorat omili..
To`liq matn

Chop etildi: 17.09.2016

Yapon donishmandligi: 35 ta kalit iboralar

O‘zingizga saqlab qo‘ying. 1.Telba va ahmoqlarga yo‘l bering. 2.Ayol kishi istasa – qoyaning o‘rtasidan o‘tadi. 3.Ketayotgan odamni to‘xtatma, kelayotgan insonni haydama. 4.Tez – bu sekinlik bilan, lekin tanaffussiz. 5.Yomon insonni do‘sti bo‘lgandan yaxshi insonning dushmani bo‘lgan yaxshi. 6.Oddiy insonlarsiz buyuklar bo‘lmaydi. 7.Kim juda ham yuqoriga chiqishni istasa, u zinani o‘ylab topadi. 8.Er va xotin qo‘l va ko‘z misoli bo‘lishi kerak: qachonki qo‘l orisa, ko‘z yig‘laydi, ko‘z yig‘laganda esa qo‘llar yoshlarni artadi. 9.Quyosh haq va nohaqlarni bilmaydi. Quyosh maqsadsiz barchani isitadi. O‘zini topgan inson quyoshga o‘xshaydi. 10.Dengizning buyukligi shundaki, u kichik daryochalardan hazar qilmaydi. 11.Uzoq yo‘l ham yaqindan boshlanadi. 12.Vino ichayotgan odam uning zarari haqida bilmaydi; kim ichmasa uning foydasi haqida bilmaydi. 13.Hatto agar qilich hayotda bir marta kerak bo‘lib qolsa ham uni doim olib yurish kerak. 14.Chiroyli gullar yaxshi meva bermaydi...
To`liq matn

Chop etildi: 20.09.2016

Мактабда қандай фанлар ўқитилиши керак?

Кунлардан бир кун ахборот сайтлари ўзбек мактаблари дастурига “Пахтачилик асослари” фани киритилгани ҳақида ёзишини тасаввур қила оласизми? Амалиётга дахлдор эмаслиги туфайли астрономия фани ўқув дастуридан олиб ташланиши мумкинлиги ҳақида ўйлаб кўрганмисиз? Аслида бу тахминларнинг бари ҳақиқатдан узоқ эмас. Ўқувчилар мамлакатнинг келажаги бўлса, улар ўрганадиган фан давлат тараққиёти, келажаги учун шунчалик аҳамиятлидир. Мактаб ўқув дастури мамлакатнинг географияси, иқтисодиёти, маданияти, этник мансублиги, борингки, ташқи сиёсатига боғлиқ, десак, ишонаверинг. Қуйида дунёнинг турли чеккаларидаги мактабларда қандай фанлар ўқитилишини ҳикоя қиламиз. Японияда: “Табиатдан завқланиш” Кунчиқар юртнинг мактаб ўқувчилари “Табиатдан завқланиш” дарсида боққа сайрга чиқадилар, табиат гўзаллигидан баҳра оладилар, унинг мўъжизалари билан танишадилар. Дарвоқе, табиатдан завқ олиш учун ҳам болада кузатувчанлик ҳисси бўлиши керак, шундай эмасми? Нима ҳам дердик, электрон техноло..
To`liq matn

Chop etildi: 22.09.2016

Ular qanday qilib buyuk bo‘lishgan?

Men u yerga o‘zimni shu ongacha bir zum tark etmagan, ruhim, aqlim, qulog‘im, ko‘zim va butun borlig‘imga o‘rnashib ketgan azaliy orzum bilan yo‘l oldim. U ham bo‘lsa kichikkina bo‘lsada, dvigatel yasash orzusi edi... Har bir sanoatning bitta asosiy qoidasi bo‘lishini, boshqacha qilib aytganda, modeli borligini bilardim. Demak o‘sha modelni yasashni o‘rganib olsangiz, bu shu sanoat sirini bilish uchun tashlangan eng muhim qadam bo‘lib hisoblanadi. Ustozlarim meni zavod yoki amaliyot xonasiga olib borish o‘rniga doim o‘qib-o‘rganishim uchun kitoblar beraverishardi. Toki men o‘sha kitoblarni o‘qib mexanika nazariyasini to‘liq o‘zlashtirib oldim. Lekin (qanday kuchga egaligidan qat'i nazar) biron bir dvigatel qarshisiga borib qolsam, chiroyli, biroq o‘ynash qiyin bo‘lgan murakkab o‘yinchoqni qo‘liga olgancha, nima qilarini bilmay, hayron qolgan yosh boladay hangu-mang bo‘lib qolaverardim. Men dvigatelni quchoqlab u bilan hazillashishni, ichki qismlarini qo‘lga olib silab-siypala..
To`liq matn

Chop etildi: 24.09.2016

«Temur tuzuklari» veb-sayt ko‘rinishida taqdim etildi.

O‘zbekiston Respublikasi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi rahbarligida Kompyuter va axborot texnologiyalarini rivojlantirish hamda joriy etish Markazi — UzInfocom tashabbusi bilan sohibqiron Amir Temurning «Temur tuzuklari» asari foydalanuvchilarga veb-sayt ko‘rinishida taqdim etildi. Eslatib o‘tish joizki, 2011 yilda Amir Temur tavalludining 675 yilligi munosabati bilan O‘zbekistonda Islom Karimov taklifiga binoan davlat rahbari va fuqarolarning huquq hamda majburiyatlari, mamlakat va armiyani boshqarish tamoyillari o‘z ifodasini topgan asar davlat rahbarining so‘zboshi ostida nashr etilgan edi. Veb-saytni foydalanuvchilar uchun qiziqarli va qulay ishlab chiqishda yuqorida keltirilgan nashrning matni hamda Amir Temur va «Temur tuzuklari» asariga ishlangan miniatyuralar, rangli illyustratsiyalar va suratlardan foydalanilgan. Mazkur manba orqali Amir Temur biografiyasi, uning hayotiga oid qiziqarli ma'lumotlarni o‘qish yoki yuklab..
To`liq matn

Chop etildi: 27.09.2016

Президент ва бошқа номли давлат стипендияларини олиш тартиби қандай?

Ҳуқуқий асос Ўзбекистон Республикаси Президентининг давлат стипендиялари ҳамда номли давлат стипендияларини ва уларни тайинлаш тартиби Ўзбекистон Республикаси Вазирлар Маҳкамасининг 2008 йил 13 октябрдаги “Ўзбекистон иқтидорли ёшларини тақдирлаш ва моддий рағбатлантириш тўғрисида”гиқарорига асосан белгиланган.  ЎЗБЕКИСТОН РЕСПУБЛИКАСИ ПРЕЗИДЕНТИНИНГ ДАВЛАТ СТИПЕНДИЯЛАРИҲАҚИДА Президент стипендиялари кимларга берилади? Ўзбекистон Республикаси фуқаролари бўлган давлат олий таълим муассасалари (бакалавриат ва магистратура бўйича алоҳида) талабаларига. Қайси йўналишлар бўйича берилади? Президент стипендияси квотаси (ўн битта) қуйидаги таълим йўналишларидан ҳар бири бўйича биттадан стипендия ҳисобидан бакалавриат ва магистратура учун алоҳида-алоҳида тақсимланади: қишлоқ ва сув хўжалиги; техника ва информатика; соғлиқни сақлаш ва ижтимоий таъминот; ижтимоий-гуманитар ва ижтимоий фанлар; табиий фанлар; бизнес ва бошқарув; педагогика; м..
To`liq matn

Chop etildi: 29.09.2016

100 фоиз қоидаси ҳар қандай мақсадга эришишга ёрдам беради

Зарарли одатлардан халос бўлиш, бошланган лойиҳаларни охирига етказиш ва уларга эришишни хоҳлайсизми? Оддий 100 фоиз қоидасини қўллаб, буларнинг уддасидан чиқиш мумкин. Нима учун қўйилган мақсадга етишиш қийин? Чунки унга эришиш йўлида баъзан сабримиз етмай, бошланган ишни ярим йўлда қолдирамиз ёки унинг бажарилишини бироз орқага сурамиз. Бугун режамиз 100 фоиз бўлмаса-да, 99 фоизга бажарилади, деб ўзимизни алдаймиз. Бу ўзимиз яратган қопқондир.  Агар сиз режангизни 99 фоизга бажарсангиз, у ҳолда доимо омадсизлик ва ўзингизга бўлган ишончсизликдан жабр кўрасиз. Шу боис ҳаётда 100 фоиз қоидасини қўллаш лозим.  100 фоиз қоидаси нима ўзи? Кўзлаган режангизни 99 фоизга бажариш қийин (чунки ишингизни охиригача бажармаганлик ҳисси сизни тарк этмайди), 100 фоизга уддалаш эса осон. Масалан, ширинликлар истеъмолини олайлик. Агар ўзингизга бугун бир бўлак, эртага бир бўлак ширинлик ейишга йўл қўйсангиз, бу одат билан курашиш қийин кечади.  Сиз 100 фоиз қ..
To`liq matn

Chop etildi: 30.09.2016

NIMA UCHUN “IKKICHI”LAR KELAJAKDA A`LOCHILARDAN KO`RA OMADLIROQ BO`LADI?

Britaniyalik jurnalist Djon Xaltivanger maktabda qo`yiladigan baho bolaning intelektual qobiliyati ko`rsatkichini belgilamasligi haqidagi shov-shuvli maqolani e`lon qildi. Unda yozilishicha, ikki bahoga o`qigan o`quvchilar a`lochilardan ko`ra, hayotda ko`proq muvaffaqiyatlarga erishar ekan. “Adme.ru” nashri muallifning fikri bilan sizni tanishtirishga qaror qildi.  Tajribadan ma`lum bo`ldiki, a`lo bahoga to`la attestat baxtli kelajakni ta`minlamas ekan. Har doim ham ikki bahoga o`qigan o`quvchi ishsiz, pulsiz qolmas ekan. Boy va omadli insonlar orasida maktabda yomon baholarga o`qiganlar anchagina tashkil etadi. Ularning muvaffaqiyatiga butun dunyo tan bergan. Masalan, Stiv Jobs, Mark Sukerberg, Bill Geyts biror kollejni tamomlamagan. Samoga ilk sun`iy yo`ldoshni uchirgan Sergey Korolyov ham maktabda uchga o`qigan. Vladimir Mayakovskiy ham yomon o`qiganidan “Anna Karenina” asarini oxirigacha o`qimagan. Iosif Brodskiyning maktabda yomon o`qigani adabiyotdan Nobel mukofot..
To`liq matn

Chop etildi: 03.10.2016

MISTIKA: MARHUM BILAN YOZISHMA

Ushbu voqeani tahririyatga kelgan maktublar orasida ko`rib, o`qidik va juda ta`sirlandik. Surxondaryo viloyati, Denov tumanida istiqomat qiluvchi Nilufar Chorieva yozib yuborgan bu nomadagi sirli voqea barchani hayratga solishi tabiiy. “Bundan ikki yilcha avval ijtimoiy tarmoqlardan biriga a`zo bo`ldim. Birinchi marta kirganim uchun qanday qilib do`stni topishni ham bilmas, tanish-bilishlarim qaysi nom ostida kirganini ham bilmasdim. Shuning uchun o`zim tanimagan bir-nechta qizlarga ham do`stlik taklifini yubordim. Ular qabul qilishdi. Zerikkan chog`larimda tanishib olib, bir nechasi bilan suhbatlashdim ham. Yangi topgan dugonalarim orasida Feruza degani juda shirinso`z va hozirjavob edi. Eng qizig`i, uning bilmagan narsasining o`zi yo`q.  Aslida Feruza bilan suhbatimiz ham antiqa boshlangan. Men undan oldin Dilbar degan qiz bilan gaplashsam, sira javob yozmadi. Lekin saytda ekanligini bildiruvchi nuqta yonib turardi. —Nega yozmayapsiz? Men sizni xolamning qo`shnisig..
To`liq matn

Chop etildi: 03.10.2016

O‘zbekistonda stipendiyalar miqdori qancha?

Kuni kecha “Prezident va boshqa nomli davlat stipendiyalarini olish tartibi qanday?” nomli maqola chop etgan edim. Ushbu maqola e'lon qilingach, ko‘pchilik talabalar Prezident yoki boshqa nomli davlat stipendiyalarining miqdori qanchaligi haqida savol berishadi. Shu sababli, bugungi maqola orqali oliy ta'lim muassasalarida tahsil olayotgan talabalarning stipendiyalari miqdori haqida ma'lumot bermoqchiman. Eng avvalo Prezident hamda nomli davlat stipendiyalaridan boshlaymiz. Ma'lumot o‘rnida aytishim mumkinki, O‘zbekistonda 5 ta nomli davlat stipendiyalari mavjud. Ularni olish tartibi bilan quyidagi manzildan tanishishingiz mumkin. Mazkur stipendiyalar miqdori odatiy stipendiyalardan bir muncha balandroq bo‘ladi. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Davlat stipendiyasi 829.480 so'm Beruniy, Ibn Sino, Navoiy, Ulug‘bek va Imom Al-Buxoriy nomidagi Davlat stipendiyalari 574.948 so'm Endi barchaga beriladig..
To`liq matn

Chop etildi: 05.10.2016

Professional va havaskorlarning suratlari bir-biridan qanday farq qiladi?

Suratga olishning ishqibozi bo‘lgan sayohatchi bilan sayohatni õush ko‘ruvchi fotosuratchining o‘rtasida qanday farq bormi? Ularning ikkisi ham dunyoning go‘zal manzaralarini o‘z nigohi bilan ko‘radi va undan taassurot oladi, biroq ular tomonidan olingan suratlar mutlaqo boshqacha hosil bo‘ladi. Quyida dunyoning eng mashhur qadamjolarida professional fotosuratchi va fotosuratlar ishqibozi tomonidan olingan suratlarni solishtirishingiz mumkin.    Rakotsbryuke ko‘prigi, Gablens, Germaniya Professional Havaskor   Kolorado platosidagi to‘lqin, AQSh Professional Ҳаваскор   Geyranger, Norvegiya Professional Ҳаваскор   Kiklad orollari, Gretsiya Professional Ҳаваскор   Petra, Iordaniya Professional Havaskor   Eyfel minorasi, Parij, Fransiya Professional Havaskor   Shamarel sharsharasi, Mavrikiy Professional Havaskor ..
To`liq matn

Chop etildi: 05.10.2016

Talabalar o‘qishini ko‘chirish (perevod) va qayta tiklash (vosstanovleniye) tartibi haqida

Yoz oylari abituriyentlar uchun naqadar qizg‘in bo‘lsa, ba'zi talabalar uchun ham muhim vaqt hisoblanadi. Sababi iyul-avgust oylarida OTM qabul komissiyalari nafaqat yangi talabalarni o‘qishga qabul qilish bilan, balki talabalar o‘qishini ko‘chirish (perevod) hamda talabalar safidan chetlatilgan talabalarni qayta tiklash (vosstanovlenie) jarayonlari bilan ham mashg‘ul bo‘lishadi. Bugungi kunda mazkur mavzuga aloqador ko‘plab savollar yuzaga kelayotganligi sababli ushbu masalaga imkon qadar oydinlik kiritishga yordam beradigan maqolani e'tiboringizga havola qilishni lozim deb topdim. HUQUQIY ASOS Oliy ta'lim muassasalari talabalari o‘qishini ko‘chirish, qayta tiklash va o‘qishdan chetlashtirish tartibi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2010 yil 18 iyundagi 118-sonli qarori bilan tasdiqlangan “Oliy ta'lim muassasalari talabalari o‘qishini ko‘chirish, qayta tiklash va o‘qishdan chetlashtirish tartibi to‘g‘risida”gi nizomga asosan belgilanadi. QACHON? Talabalar ..
To`liq matn

Chop etildi: 06.10.2016

Parhezga dosh berolmaydiganlar uchun ozishning 10 usuli

Ortiqcha vazndan xalos bo‘lish ko‘plab taqiqlardan iborat mashaqqatli jarayondek tuyuladi. Cheklovlarga dosh berolmaydigan kishilar bunday vaziyatlarda nima qilishlari kerak? Aslida har kuni bajarishingiz mumkin bo‘lgan bir qator oddiy amallar borki, ular sizga ortiqcha vazndan qutulishga yordam beradi. Har bir taom iste'molidan oldin bir piyola suv iching Suvni ovqat yeyishdan 10-15 daqiqa avval ichish tavsiya qilinadi. Bu vaqt ichida ochlik hissi kamayishga ulguradi, organizm esa kerakli namlikni oladi. Bunday odat chanqoqni ochlik bilan almashtirmaslikka yordam beradi.   Нонушта қилинг Bolalikdan nonushta qilishning muhimligi bejiz uqtirilmaydi. Ertalabki metabolizm nonushtaning yaxshi  hazm qilinishiga olib keladi. Shu bois nonushtaning maksimal darajada to‘yimli bo‘lishi maqsadga muvofiqdir.    Reklama vaqtida badantarbiya qiling Bu usul kechki payt televizor qarshisiga qulay joylashib olishni odat qilganlar uchun ayni muddao..
To`liq matn

Chop etildi: 06.10.2016

“Qizil diplom” qaysi talabalarga beriladi?

  Xalq orasida “qizil diplom” atamasi bilan nomlanadigan diplomlarning rasmiy nomi aslida “imtiyozli” diplomdir. Oliy ta'lim muassasalarida “imtiyozli” diplomlar bakalavriatura bosqichida o‘quv dasturlarini o‘zlashtirishda katta yutuqlarga erishgan talabalarga berilishidan xabaringiz bor. Ammo hamma ham “imtiyozli” diplomni olishning aniq qonun-qoidasidan xabardor bo‘lmasa kerak. “Imtiyozli” diplom berilishi haqida ko‘pchilikda turli fikrlar mavjud. Kimdir barcha baholar “5” (a'lo) bo‘lishi kerak deb ta'kidlasa, kimdir talabaning umumiy o‘rtacha o‘zlashtirishi 86%dan yuqori bo‘lishi kerak deb o‘ylaydi. Aslida ham shunaqami? Keling, yuqoridagi masala bo‘yicha ta'lim tizimiga oid normativ-huquqiy hujjatlarga murojaat qilsak. “Imtiyozli” diplom berish tartibi Oliy va o‘rta maxsus ta'lim vazirining 2009 yil 22 maydagi 160-son buyrug‘i bilan tasdiqlangan “O‘zbekiston Respublikasi oliy ta'lim muassasalari bitiruvchilarining yakuniy davlat attestatsiyasi to‘g‘risida”gi nizomd..
To`liq matn

Chop etildi: 08.10.2016

Shifokorlar nima uchun doim telefonga talpinishimizga izoh berishdi!

Qayerda bo‘lmaylik - ishda, ko‘chada, restoranda - bir manzaraga ko‘zimiz tushadi: odamlar telefonidan ko‘z uzolmay qolgan. Shifokorlar nima uchun doim mobil qurilmalarimizga qo‘l cho‘zishimiz va bu bilan qanday kurashish mumkinligiga izoh berishdi. Bugungi kunda aksariyat kishilar ijtimoiy tarmoqlar yoki elektron pochtani tekshirmoqchi bo‘lib, telefonga termulish kabi muammoga to‘qnash kelmoqda. Buning boisi oddiy. Hamma gap dofaminda! Xo‘sh, dofamin nima? Bu - rohatlanish va zavqlanish uchun javobgar neyromediator. Biz uchun yoqimli biror nima ro‘y bergan paytda miyamizda dofamin ishlab chiqariladi. Masalan, qiziqarli video yoki tasvirlarni ko‘rganimizda, bizga yo‘llangan yangi xabarlarni o‘qiganimizda o‘ylaymiz: bizni unutishmagan, biz haqimizda o‘ylashyapti. Bularning barchasi insonda zavqlanish hissini uyg‘otadi va natijada organizm dofamin ishlab chiqaradi. Bu jarayon nafaqat ruhiy, balki jismoniy hisoblanadi.  Mazkur jarayon ayniqsa bolalar miyasida tez sodir b..
To`liq matn

Chop etildi: 11.10.2016

Davlat granti asosida tahsil olgan talabalar 3 yil ishlab berishi majburiymi?

Oliy ta'lim muassasalarida davlat granti asosida tahsil olgan talabalarni doim qiziqtirib kelgan bir savol mavjud. Bu ta'limdan keyin 3 yil davomida majburiy ishlab berish haqidagi savoldir. Ushbu qoida qayerda belgilab berilgan va 3 yil davomida majburiy ishlab berish qanday amalga oshiriladi va shu kabilar haqida batafsil to‘xtalib o‘tamiz. Davlat granti asosida tahsil olgan bakalavriatura va magistratura talabalarining 3 yil davomida ishlab berish majburiyati 2005/2006 o‘quv yilidan boshlab amaliyotga tadbiq etilgan. Mazkur amaliyot O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2005 yil 2 iyundagi PQ-92-son «2005/2006 o‘quv yilida O‘zbekiston Respublikasi oliy ta'lim muassasalariga qabul to‘g‘risida»gi qarorining 6-bandiga asosan joriy etilgan. Prezident qaroriga asosan O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot vazirligi, Oliy va o‘rta maõsus ta'lim vazirligi, Xalq ta'limi vazirligi, Mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish vazirligining 2005 yil 7 iyuldagi 58, 154-1, 19 va 02/2658-s..
To`liq matn

Chop etildi: 13.10.2016

Kuzda immunitetni mustahkamlash qoidalari!

Sovuq havoda shamollash, bronxit va angina kabi kasalliklarga chalinmaslik uchun nima qilish kerak? Organizmning himoya kuchlarini mustahkamlashga kirishing. Kuchli immunitet virus va bakteriyalardan ishonchli qalqonga aylanadi. Immunitetni mustahkamlash qoidalari haqida "Liza" nashri so‘z yuritdi.   1. To‘g‘ri ovqatlaning Kuz mavsumida o‘zingizni qiynamasdan mashaqqatli parhezlar va ochlikdan voz keching. Organizmga zarur bo‘lgan vitaminlar, minerallar va mikroelementlarga boy me'yoriy ratsion - salomatlikning asosiy sharti.    2. Tartibga rioya qiling Kuningizni shunday tashkil qilingki, unda ortiqcha stress va charchoqlarga o‘rin bo‘lmasin. Sog‘liqqa zarar yetkazmasdan hamma narsaga ulgurishga harakat qiling, buning uchun vaqtingizni to‘g‘ri tashkillashtiring.    3. Dam oling va to‘yib uxlang To‘laqonli uyqu immunitet uchun katta ahamiyatga ega. Shuni yodda tutingki, organizmni qayta tiklash uchun eng keraklisi soat 22:00da..
To`liq matn

Chop etildi: 13.10.2016

Adabiyot yo‘nalishidagi Nobel mukofotini topshirish tarixidagi qiziqarli faktlar!

13 oktyabr kuni Nobel qo‘mitasi adabiyot bo‘yicha mukofot sohibini e'lon qiladi. Nobel mukofoti ta'sis etilganidan buyon 112 nafar kishiga topshirilgan, ulardan 14 nafari - ayol kishi.  Adabiyot bo‘yicha Nobel mukofotini qo‘lga kiritganlar orasida dunyoga mashhur Rabindranat Tagor (1913), Anatol Frans (1921), Bernard Shou (1925), Tomas Mann (1929), German Gesse (1946), Uilyam Folkner (1949), Ernest Xeminguey (1954), Gabriel Garsia Markes (1982) kabi mualliflar nomini qayd etish mumkin.  Adabiyot yo‘nalishidagi g‘olibning nomi e'lon qilinishi arafasida TASS agentligi mukofotning avvalgi sohiblari haqidagi qiziqarli faktlarni taqdim etdi.  1. Mukofotdan voz kechish​​ Lev Tolstoy Nobel mukofoti - bu eng avvalo, "faqatgina yomonlik olib keluvchi pul", deb hisoblagan. 1906 yilda Nobel mukofotiga yozuvchining nomzodi qo‘yilgan. Bundan xabar topgan Tolstoy o‘zining do‘sti fin tarjimoni Arvid Yarnefelt orqali shved hamkasblaridan mukofotni unga topshirmaslikn..
To`liq matn

Chop etildi: 18.10.2016

Adabiyot yo‘nalishida 2016 yilgi Nobel mukofoti egasi aniqlandi.

Amerikalik musiqachi va shoir Bob Dilan adabiyot yo‘nalishi bo‘yicha 2016 yilgi Nobel mukofoti egasiga aylandi. Bu haqda Shvetsiya akademiyasi ma'lumotida keltirilgan. Qayd etilishicha, unga mukofot "Amerika qo‘shiqchilik an'analarida yangi poetik ifodalari" uchun taqdim etilgan. Mukofotni topshirish marosimi an'anaga ko‘ra, 10 dekabr kuni Stokgolm shahrida bo‘lib o‘tadi. 2016 yilda mukofotning pul qiymati 8 million shved kronasiga (923 ming dollar) teng bo‘ldi. Bukmekerlik idoralari g‘olib bo‘lish uchun yaponiyalik yozuvchi Haruki Murakami, keniyalik yozuvchi Ngui Va Txiongo, norvegiyalik dramaturg Yun Fosse, amerikalik klassik Filipp Rott, suriyalik shoir Adons hamda amerikalik prozaik Don Deliloning imkoniyatlarini yuqori baholashayotgandi. Haqiqiy ismi-sharifi Robert Allen Simmerman bo‘lgan Bob Dilan - rok musiqada kult figura hisoblanib, zamonaviy musiqachilar orasida eng mashhurlaridan biridir. Uning bir qancha kompazitsiyalari AQShda fuqarolik huquqlar..
To`liq matn

Chop etildi: 18.10.2016

Biz foydali deb hisoblaydigan zararli odatlar!

Ҳар бир инсон кундалик ҳаётда турли одатларни бажариб юради. Асосан одамлар томонидан айтиб кетилган "чўпчаклар"га ишониб, баъзан нотўғри иш қилаётганимизни билмай ҳам қоламиз.  Бу одатлар ҳам сизга жуда таниш туюлиши мумкин. Adme иллюстратор Leonid Khan суратларидан фойдаланган ҳолда айрим ҳолатлар аслида ўзгача бўлиши кераклигини айтиб ўтади. Manba: Kun.uz ..
To`liq matn

Chop etildi: 18.10.2016

Olimlar va nihoyat Bermud uchburchagining sirini ochgan ko‘rinadi!

Va nihoyat insoniyat Yerdagi eng sirli yer — yuzlab kema va samolyotlar tushunarsiz tarzda g‘oyib bo‘lgan Bermud uchburchagining sirini fosh qilishga yaqinlashgan ko‘rinadi. Bu haqda AdMe xabar berdi. Foto: AdMe Bu haqdagi reportaj ilk bor Science Channel telekanalida namoyish etildi. Amerikaning Kolorado shtati universiteti olimlari hududning sun’iy yo‘ldosh orqali olingan suratlarida noodatiy geksagonal, oddiyroq qilib aytganda oltiburchakli bulutlarni aniqladi. Ularning harakatlanish xarakterini meteorologlar aviabomba bilan taqqosladi. Ular tezligi soatiga 274 kilometrga yetishga qodir kuchli havo oqimining yuzaga kelishiga sabab bo‘lishi mumkinligi taxmin qilinmoqda. Kuchli bo‘ronning kuchiga teng bunday “shamol” havoni “portlatib”, okeanda 15 metrlik to‘lqinlarni yuzaga keltiradi. Foto: AdMe Hech bir kema bunday bo‘ronga, samolyot esa bunday shamolga dosh bera olmaydi. Odatda bulutlar bunday bir tekis geometrik shakl hosil qila olmaydi. Biroq B..
To`liq matn

Chop etildi: 20.10.2016

Ta'lim maskanlaridan gazlangan ichimlik va tezpishar taomlar yo‘qoladi!

O‘zbekistondagi maktab, litsyey va kollejlar oshxonalaridan kuchli gazlangan ichimliklar va tezpishar taomlar yo‘qoladi. Buning o‘rniga maxsus tashkil etilgan kombinatda tushlik ovqatlari tayyorlanadi va ta'lim maskanlariga etkaziladi. Taomlar mutaxassislar va O‘zbekiston oshpazlari uyushmasi tomonidan tavsiya etilgan maxsus ko‘rsatmalar asosida tayyorlanadi, deb yozmoqda Uzbekistan today nashri.  Vazirlar Mahkamasining 2016 yil 2 maydagi 132-sonli «O‘rta va o‘rta-maxsus, kasb-hunar ta'lim muassasalarida sog‘lom ovqatlanishni tashkil etishni takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida»gi qaroriga muvofiq, 2020 yilgacha maktablar, kollej va litsyeylarda ovqatlanish tizimi takomillashadi.  2017-2020 yillarda respublikaning uzoq hududlaridagi oshxonasi bo‘lmagan 400dan ortiq umumta'lim maskanlarida bufetlar uslubidagi oshxonalar barpo etiladi. Bundan tashqari, ishlamayotgan oshxonalar qayta jihozlantirilib, faoliyati yo‘lga qo‘yiladi.  2017 yilda har bir viloyat..
To`liq matn

Chop etildi: 25.10.2016

O‘zbekiston Jahon xõayr-ehson reytingida 11-o‘rinni egalladi!

O‘zbekiston World Giving Index –jahon xayriya reytingida 11-o‘ringa munosib ko‘rildi. U Charities Aid Foundation (CAF) xayriya jamg‘armasi tomonidan tuzib chiqilgan. CAF dunyoning 140 mamlakatida istiqomat qiluvchi insonlarning saxiyligi va yordamga muhtoj kishiga ko‘mak berishga shoshilishiga oid tadqiqot o‘tkazgan. Bunda insonlarning turli xil xayriya loyihalariga moddiy yordam berishga tayyorligi, bepul ko‘ngilli ishlar bilan shug‘ullanishi va shunchaki notanish kishiga ko‘mak berishga naqadar shayligi, xususan taom ulashish yoxud so‘nggi libosini taqdim eta olishi aniqlangan.  CAF fondi hisobotiga binoan, O‘zbekiston aholisining 52 foizga yaqini turli ko‘rinishdagi xayriya aksiyalarida ishtirok etadi. Shu bilan birga, mamlakat aholisining 67 foizi notanish kishiga yordam berishga tayyor. Bu borada Iroq aholisi ikkinchi yildirki, dunyoda yetakchilik qilmoqda. Respublikaning bu boradagi ko‘rsatkichi 16-o‘ringa mos kelgan.  CAF tashkilotining qayd etishicha, 62 foiz..
To`liq matn

Chop etildi: 25.10.2016

Ota-ona bilan birga uxlash chaqaloqlar o‘limi xavfini ikki barobar oshiradimi?

Har yili faqatgina AQShning o‘zida taxminan 3,5 ming nafar go‘dak uyquda hayotdan ko‘z yumadi. Sog‘lom bolaning birdaniga bo‘g‘ilishi yoki yurak urishi to‘xtashi, ya'ni tasodifiy bolalar o‘limi sindromi (TBO‘S) bilan bog‘liq o‘lim holati shular jumlasidandir. Boshqacha qilib aytganda, bu sindrom yana "beshikdagi o‘lim" deb ham ataladi. TBO‘S 1975 yildayoq Xalqaro kasalliklar tasnifiga qo‘shilgan. Biroq go‘daklar o‘limining aniq sabablari haligacha noma'lum.  Tadqiqotchilar sindromga bog‘liq omillarni keltirib o‘tishdi: qorinda yotqizish, haddan tashqari yumshoq krovat, onaning sog‘lig‘i yomonligi va murakkab tug‘ruqlar, homila rivojlanishidagi muammolar. Ayniqsa, bola tug‘ilgan kundan boshlab, olti oygacha bo‘lgan muddat xavf yoshi hisoblanadi, go‘daklar o‘limining 90 foizi shu muddatda qayd etilgan.  Go‘daklarning ota-onasi bilan bir o‘rinda yotishi tasodifiy o‘lim sindromiga olib kelish yo kelmasligi haqida aniq ma'lumotlar yo‘q - Piter Saydbotem va Piter Fleming "Tas..
To`liq matn

Chop etildi: 26.10.2016

Lotin alifbosiga asoslangan o‘zbek yozuviga «s»ni bildiruvchi harfni kiritish va «ng»ni bitta harf belgiga aylantirish bo‘yicha taklif tayyorlanmoqda.

Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universiteti rektori Shuhrat Sirojiddinov lotin yozuviga asoslangan o‘zbek alifbosini mukamallashtirish lozimligi haqida fikr bildirdi. Bu haqda u «Oila davrasida» gazetasi o‘quvchilariga bergan javoblariga aytib o‘tdi, deya õabar qilmoqda “Daryo”. «Nazarimda, bugungi kunda lotin yozuviga asoslangan o‘zbek alifbosini yanada mukammallashtirish davr talabiga aylandi. Amaldagi alifboga asoslangan imlo qoidalarimizni qayta ishlab chiqish muhim va ayni kunda zaruriy ehtiyoj hisoblanadi. Bu alifbodagi ayrim ziddiyatli holatlar bilan bog‘liq. Misol uchun, lug‘at boyligimizdan o‘rin olgan jurnal, jirafa kabi o‘zlashma so‘zlardagi ‘j’ tovushini yangi alifboda ifoda etishning imkoni yo‘q. Bu tovush ‘j’ harfi bilan yozilsa, talaffuz va imloda ziddiyat kuzatiladi. Bu esa savod chiqarayotgan o‘quvchilarda noqulaylik tug‘dirmoqda», — deydi Shuhrat Sirojiddinov. «Ikkinchidan, alifboda ‘ng’ burun tovushi uchun maõsus harf berilmaga..
To`liq matn

Chop etildi: 28.10.2016

“Kalyan” – “ommaviy madaniyat”ga aylanayotgan eng yomon tahdid.

O`zbekiston Respublikasi Davlat raqobat qo`mitasi iste`molchilar huquqlarini va aholi salomatligini himoya qilish maqsadida “Salomatlik-3” loyixasi doirasida inson sog`lig`i va ma`naviyatiga salbiy ta`sir ko`rsatuvchi illatlar hamda unga qarshi kurashish bo`yicha o`z tahlil va takliflarini bildiradi. Ma`lumki, bundan 5 yil avval qabul qilingan O`zbekiston Respublikasi “Alkogol va tamaki mahsulotlarining tarqatilishi hamda iste`mol qilinishi cheklash to`g`risida”gi qonuni – fuqarolarning sog`lig`ini, avvalo, yigirma yoshga to`lmagan shaxslarning sog`lig`ini alkogol va tamaki mahsulotlarini iste`mol qilishning zararli ta`siridan, shu bilan bog`liq ijtimoiy va boshqa salbiy oqibatlardan himoya qilishga, shuningdek jamiyatda sog`lom turmush tarzini shakllantirishga qaratilgandir. Ushbu qonun ijrosi bo`yicha alkogol va tamaki mahsulotlarini chakana savdosini tartibga solish, iste`mol qilishga va reklama qilishga yo`l qo`ymaslik, ularning salbiy ta`siri profilaktikasi sohalarida bi..
To`liq matn

Chop etildi: 28.10.2016

Suhbatdoshingizni yuziga qarab, fe`lini “o`qing”!

Mutaxassislar, ya`ni fiziognomistlar inson tashqi ko`rinishining bir-birini takrorlamaydigan sifatlari o`zida juda ko`p qimmatli ma`lumotlarni jamlaganini e`tirof etishadi. Baland va keng peshana sohiblariga faoliyatning intellektual sohalarida muvaffaqiyatga erishish uchun barcha shart-sharoit mavjud. Biroz harakat qilsangiz kifoya. Baland peshanani hoshiyalaydigan sochlarning aylana chizig`iko`pincha mustaqil fe`l-atvor va maqsadga erishishdagi qat`iylik belgisi sanaladi. Yuzi uzunchoq bo`lgan kishilar — yaxshi tashkilotchi, ularni boshqaruvchilik lavozimlarida omad kutadi. Yirik, chaqnab turuvchi ko`zlar — ijodiy sohada muvaffaqiyatni kafolatlaydigan ijobiy energetika nishonasi. Biroz qiyshaygan burun — ayyorlik, ustomonlik yordamida  karera pog`onasidan ko`tarilish mumkinligini bildiradi. To`g`ri burun omadga uning sohibini o`ziga bo`lgan ishonch va xotirjamlik olib borishini bildiradi. Ingichka burun — engiltabiatlik belgisi eka..
To`liq matn

Chop etildi: 01.11.2016

Kuzning salqin oqshomlarida tanaga issiqlik beruvchi ichimliklar.

Sovuq fasllar qaynoq ichimliklar mavsumidir! Tanaga issiqlik beruvchi xushbo‘y ichimliklar qadimdan tayyorlab kelingan. Ular orasida ajoyib ta’mga ega bir necha xil variantlar mavjud. Bu turli-tuman choylar, o‘tli damlamalar, shokolad, qahva, kakao va sut asosida tayyorlangan ichimliklardir. Bunday ichimliklarni ichish ayniqsa kuz va qishda juda foydali. Chunki ular qon aylanishini yaxshilaydi, demakki, tezroq isitadi. Barchasi bunday ichimliklarga qo‘shiladigan zanjabil, limon kabi ziravorlar tufaylidir. Sevimli mahsulotlaringizdan o‘z retseptingizni yaratishingiz ham mumkin. Qaynoq shokolad Bu mazali ichimlikni hamma xush ko‘radi, biroq qaynoq shokolad mazali chiqishi uchun barchasini qoida bo‘yicha tayyorlash kerak. Yarim litr sutni olovga qo‘yib, 2 osh qoshiq shakar va bir chimdim vanilin qo‘shamiz. Aralashma qaynab chiqqandan so‘ng, bo‘laklarga bo‘lingan qora shokoladni qo‘shib, quyuqlashguncha qaynatamiz. Qaynatish jarayonida uni aralashtirib turish tavsiy..
To`liq matn

Chop etildi: 01.11.2016

Dunyoning eng ajoyib maktablari

"Maktab" so‘zi ko‘pchilikda zerikish hissini uyg‘otadi. Gap u yerda dars qilish, hamma bilan muomala qilishga to‘g‘ri kelishi yoki o‘quvchini chegaralovchi tizimda emas, shunchaki maktab binolari o‘yin-kulgu uchun mo‘ljallanmaganligi ko‘rinib turadi, deyarli hamma erda shunday. Biroq dunyoda shunday  maktablar borki, u erda hech bir o‘quvchi zerikmaydi. "Gazeta.ru" nashri dunyoning eng ajoyib maktablari fotojamlanmasi bilan bo‘lishdi.   Butun devor deraza oynalaridan iborat, galereya va sinflar istagan joyda o‘tirish imkonini beradi, hech qanday darvozalar yo‘q — bolalar o‘zlarini erkin his qilishlari kerak Saunalahti maktabi, Espoo, Finlyandiya Los-Anjelesdagi Modern High School, AQSh. Eng chiroyli maktab Los-Anjelesning eng nobop tumanida joylashgan: bolalar o‘qishning qanday zo‘r ekanligini bilib qo‘yishsin    Los-Andjelesdagi Modern High School maktabi, AQSh Los-Andjelesdagi Modern High School maktabi, AQSh Oresta..
To`liq matn

Chop etildi: 02.11.2016

Oddiy biroq insonni o‘ylantirib qo‘yadigan 5 qiziq savolla

Boshqotirma, jumboqli savollar ba'zida toliqqan miya faoliyatini charxlab, erkin bo‘lishiga yordam beradi. Biroq ayrim savollar oddiy tuyulgani bilan javobi juda murakkab bo‘ladi. Ularni topa olmay asablar ham harakatga keladi. Quyidagi savollar o‘z aqli va bilimiga ishonganlarni ham o‘ylantirib qo‘yishi mumkin. Savollar: Savol-1: 10 tangadan yuqorini ko‘rsatuvchi uchburchak yasalgan. Faqatgina uch tangani joyini o‘zgartirgan holda uchburchakni pastga qarating.   Savol-2: Siz musobaqada ishtirok etmoqdasiz va ikkinchi o‘rinda yugurayotgan kishidan o‘zib ketdingiz. Siz hozir nechanchi o‘rindasiz?     Savol-3: Bir haydovchi o‘zi bilan haydovchilik guvohnomasini olmadi va bir tomonli yo‘lda qarama-qarshi yo‘nalishga qarab harakatlana boshladi. Buni kuzatib turgan politsiya xodimi uni to‘xtatmadi. Nima uchun?     Savol-4: Bita va koptok 1,10 dollar turadi. Bita koptokka qaraganda 1 dollardan qimmatroq turadi. Koptok qancha tura..
To`liq matn

Chop etildi: 03.11.2016

O‘quvchilarning xotirasida bir umrga muhrlanib qolgan vazif

Bir necha yil avval «Riderz Dayjest» jurnalida bir ajoyib o‘qituvchi ayol haqida maqola paydo bo‘lgandi - uning kichik topshirig‘idan keyin o‘quvchilar o‘z kuchlariga ishona boshlashgan. Har qanday insonni ruhlantiruvchi dono saboqlarni sizlar bilan bo‘lishishga qaror qildik.  Minnesota shtatida yashovchi matematika o‘qituvchisi o‘quvchilariga shunday vazifa berdi: sinf ro‘yxatini tuzish, har bir bolaning xulq-atvoridagi o‘zingizga yoqqan tomoni haqida o‘ylab ko‘ring va bu sifatni uning familiyasi qarshisiga yozing. Darsning oxirida u o‘quvchilardan bajarilgan vazifalarni yig‘ib oldi. O‘sha kuni juma edi. Dam olish kunlari ayol barcha natijalarni tahlil qilib chiqdi va dushanba kuni har bir o‘quvchiga sinfdoshlarining u haqidagi ijobiy fikrlarini yozib tarqatdi. O‘quvchilar ularni o‘qiy boshlashdi, u yer-bu erdan pichirlagan ovozlar eshitildi: "Nahotki, bularning barchasi men haqimda? Meni bunday yaxshi ko‘rishlarini bilmas edim". Ular natijalarni sinfda muhokama qilishmadi..
To`liq matn

Chop etildi: 04.11.2016

Dunyodagi eng badavlat sulolalar ro‘yxati.

Pritskerlar, 29 milliard dollar Nufuzli ro‘yxatning 10-o‘rnida 29 milliard dollar bilan Pritskerlar oilasi o‘rnashdi. Hozir sulolaning faqat bir aktivi mavjud - Hyatt mehmonxonalar tarmog‘i, aftidan ularga buning o‘zi yetarli ko‘rinadi.  Jennifer Pritsker Forbes'ning eng badavlat amerikaliklar ro‘yxatidan joy olgan - u  Hyatt biznesi bilan shug‘ullanadi. Tailand qirollik oilasi, 30 milliard dollar Tailand qiroli Rama IX (haqiqiy ismi - Pumipon Adulyadet) nafaqat mamlakat, balki o‘z sulolasini ham boshqaradi. Oilaning moliyaviy ahvoli - 30 milliard dollarga baholanadi. Moliyaviy boshqaruv Ramaning tasarrufida, lekin sulola a'zolari bundan shikoyat qilishmaydi, zero ularning pulga muhtojligi yo‘q. Rama - ijodiy shaxs: Qirollik orkestri ijro etuvchi simfoniyalar va jaz pesalari muallifi, saksafonda juda yaxshi o‘ynaydi. Shuningdek u qobiliyatli rassom hamda yaxta poygalari ishqibozi hamdir. Bundan tashqari, Rama Tailand qishloq xo‘jaligi rivoji va yangi texno..
To`liq matn

Chop etildi: 07.11.2016

Psixologning eng qisqa konsultatsiyasi!

Er va xotin ilk marotaba tashrif buyurishi. Men charchab (bu 5 konsultatsiya edi), och qolganimga qaramay, og‘ir va bosiq edim. — Men birinchi marta psixolog huzuridaman! — deydi jahli chiqqan erkak. O‘simtalar chiqyapti. Turli xil — «Jin ursin!». — Meni xotinim ko‘ndirdi! — Xo‘sh? — Nima xo‘sh?!! O‘g‘limiz. O‘g‘lim. Ahmoq! — keskinlashdi u. — Ahmoqlik — bu psiõiatrik tashxis, — toliqqan holda aytdim men. — O‘g‘lingiz shu ma'noda telbami? Erkak endi menga xuddi ahmoqga qaragandek nazar tashladi. Keyin ayoliga yuzlanib,  savol berdi: «Meni o‘zi kimning oldiga olib kelding?!!» U stulning chetida o‘tirib, ko‘zlarini olib qochdi. Qo‘llarini tizzasi orasiga siqib olgan. U qovog‘ini solganicha, menga o‘girilib, jim turardi. Men ham. Buni ko‘tara olmay, yanada achchiqlandi. — Mana siz psixologsiz, shundaymi? Xm. U holda menga tushuntiringchi, u bilan nima qilish mumkin? — Kim bilan? — O‘g‘lim bilan! — Unga nima qilgan? Erkak ko‘zlarini katta ochib,..
To`liq matn

Chop etildi: 08.11.2016

Gadjetlar umrini qisqartiradigan xatola

  Ko‘p hollarda telefon yoki noutbuk sotib olingach, yarim yildan so‘ng uskunalar eskirayotganiga guvoh bo‘lamiz. Bunga esa odatda, o‘zimiz aybdor bo‘lamiz.  Quyidagi foydali maslahatlar planshet, telefon va noutbuklar yanada uzoqroq vaqtgacha õizmat qilishiga o‘z hissasini qo‘shishi aniq.    Akkumulyator zaryadi Zamonaviy litiy-ionli va litiy-polimerli akkumulyatorlarda (batteryuniversity, electronics) xotira effekti yo‘q, shuning uchun telefonlar, planshet va noutbuklarni nol foiz bo‘lishini kutmasdan zaryadlash kerak. Akkumulyatorlar umrini uzaytirish uchun o‘z gadjetlaringizni tez-tez quvvatlab turing. Eng yaxshi variant — batareya ko‘rsatkichi 10–20 foizdan pastni ko‘rsatsa, telefonni zaryadga qo‘yish lozim. Bu quvvatlanish sikli sonini 1000–1100 (bestgopower, batteryuniversity) oshirishga yordam beradi. Zamonaviy akkumulyatorlar to‘liq quvvat olib bo‘lganidan so‘ng zaryadlash vositasida qolib ketsa ham hech qanday zarar ko‘rmaydi. Akku..
To`liq matn

Chop etildi: 21.11.2016

Organizmning himoya mexanizmi sanalgan 9 g‘ayrioddiy holat

  Bizning tanamiz — bizga tushunarsiz bo‘lgan ko‘plab biologik jarayonlar va tizimlarning biologik birikmasidan iborat. Himoya mexanizmi majumi — shular jumlasidan. Tanamiz bizlarni zarar yetkazishi mumkin bo‘lgan barcha narsadan kuniga 24 soat, haftada etti kun himoya qiladi. Biz asl sababini bilmaydigan organizm amalga oshiruvchi quyidagi ajoyib holatlar ham insonni hayratga soladi.   Hiqichoq Biz taomning katta bo‘lagini og‘izga solib, ko‘proq yeb yuborsak, asablarning oshqozon va diafragmadan o‘tuvchi yallig‘lanishiga olib keladi. Natijada, hiqichoq huruji yuzaga keladi.    Esnash Biz odatda qattiq charchagan miyani sovutish uchun esnaymiz.   Aksirmoq Odatda biz burun kanallarida haddan ziyodko‘pallergenlar, mikroblar, chang va boshqa zararkunandalar yig‘ilganda aksiramiz.Bu tanamizni«kirlar»dan tozalashning bir usulidir.   Cho‘zilish O‘zimiz tushunmagan holda tanamizni kun davomida navbatdagi j..
To`liq matn

Chop etildi: 22.11.2016

Smartfonlardan qanday dam olish mumkin

  Britaniyadagi Derbi universitetining yangi tadqiqoti insonlar juda ko‘p vaqtini telefon va boshqa gadjetlarga sarflashini aniqladi. Psixolog shifokor Dipika Chopra ijtimoiy media hamda smartfon bilan o‘tgan vaqt orasida juda yaqin aloqa borligini aytmoqda. Shu o‘rinda, haddan ortiq ijtimoiy ma'lumotlar faqatgina vaqtingizni emas, ruhiy va jismoniy salomatligingizni ham o‘g‘irlab qo‘yishi mumkin.   Texnik tanaffus Kaliforniya universiteti psixolog professori, shifokor Larri D. Rozen o‘zingizni telefondan sekin-astalik bilan ajratishingizni tavsiya qiladi. Telefon ekraniga umuman qaramaslik uchun ayrim texnik tanaffuslar qiling. Barcha ijtimoiy mediani tekshirish uchun bir necha daqiqa sarflang, keyin esa telefonni yarim soatga tinch qo‘ying. Uning ekran qismini o‘girib qo‘ying.   Meni uyg‘otma Telefonni budilnik sifatida ishlatishni to‘xtating. Ha, bu qulay, biroq birgina budilnikni o‘chirish uchun tuni bilan yig‘ilib qolgan yangiliklarni o‘..
To`liq matn

Chop etildi: 22.11.2016

Qanday qilib 20 daqiqada kaloriyalarni parchalash mumkin?

  Biz jismoniy mashqlar tanamizdagi mushaklarni mustahkamlash va kuchimizni oshirishga yo‘naltirilgan, deb hisoblashga odatlanganmiz. Biroq organizmdagi yog‘larni tabiiy yo‘l bilan parchalash imkonini beruvchi ko‘plab foydali dasturlar mavjud. Don't panic nashrida shu mavzuda maqola taqdim etildi.  Dasturlardan birini bajarish uchun  20 daqiqadan ortiq vaqt ketmaydi. U mashhur fitnes-murabbiy Adam Rozante tomonidan tuzib chiqilgan. U tanadagi kuch va epchillikni rivojlantiruvchi mashqlardan iborat.  Bundan tashqari, u tuzgan dastur ortiqcha vazndan tezroq xalos bo‘lishga yordam beradi. Mashqlarni asta-sekinlik bilan ko‘paytirib boring. Ikki haftadan keyin taroziga chiqib, natijani ko‘rishingiz mumkin bo‘ladi.    180 daraja To‘g‘ri turib oling, oyoqlar yelka kengligida, qo‘llar bosh orqasida. Qo‘llarni tepaga ko‘tarib, 180 darajaga o‘girilib sakrang (suratga qarang). Mashqni takrorlash vaqtida boshlang‘ich holatingizga qaytishingiz ker..
To`liq matn

Chop etildi: 23.11.2016

O‘ylash emas, harakat qilish muhim!

Bloger va ishbilarmon Tomas Oppong bir joyda "qotib qolgan" va hech harakatga kirisha olmayotgan insonlarga turtki berishni yaxshi biladi. "Layfxaker" uning maqolalaridan biri bilan bo‘lishdi.  Qo‘lni qovushtirib o‘tirib, muvaffaqiyatga erishib bo‘lmaydi. Buning uchun qulay fursat kutib o‘tirmang. Hozirning o‘zidanoq ishga kirishing - harakat natija beradi. Natija esa harakatga sabab bo‘ladi. Siz biror narsani o‘ylab olguningizcha atrofingizdagi olam to‘xtab turmaydi. Hamma narsani qayta-qayta mushohada qilavermay, shunchaki harakat qiling.  "O‘rganishimiz kerak bo‘lgan ishni uni bajaribgina o‘rgana olamiz!" Arastu Biz ko‘pincha o‘z bilimimiz qopqoniga tushamiz: biror bir harakatni amalga oshirishdan avval yangi ma'lumotlar va malaka ketidan quvamiz. Aslida esa yangi bilimlar ketiga tushish murakkab va yoqimsiz ishni keyinga qoldirishga imkon beruvchi bahonadir. Biror ish haqida ma'lumot olgandan ko‘ra, bu sohani amalda sinab ko‘rish ancha foydaliroq. ..
To`liq matn

Chop etildi: 23.11.2016

Aqldan ozmaslik uchun qachon va qanday tanaffus qilish zarur

  Vazifalar tugallanish muddati yaqinlashgach, telefon tinimsiz jiringlay boshlaydi, o‘qilmagan xabarlar soni ortaveradi, tanaffus haqidagi o‘ylar esa tobora sarobga aylana boshlaydi. «To‘xtash kerak emas», — deymiz o‘zimizga. Bu tushunarli holat, biroq kalta o‘ylangan qaror, buning uchun esa kelajakda haq to‘lashga to‘g‘ri keladi. Kun davomida bizning organizmimizga energiya zaxiralarini to‘ldirish uchun tanaffuslar kerak bo‘ladi. Bu xuddi avtomobilga yoqilg‘i, telefonga — zaryadka kerakdek gap. Siz qancha ko‘p quvvat sarflasangiz, doimiy tanaffus qilish shunchalik muhim. Biroq barcha tanaffus ham foydali emas. Psixolog va biznes nazariyachilar mikrotanaffuslarni eng samaralisi deya qayd etishmoqda. Ular quyidagilar:   1. Butunlay ozod bo‘ling Agarda biz o‘rnimizdan ham turishni istamay, qandaydir ishlar bilan shug‘ullansak, masalan, qo‘limizga telefonni olib, onlayn-shoping yoki yangiliklar o‘qish bilan shug‘ullansak, noto‘g‘ri ish bo‘ladi. Aynan shund..
To`liq matn

Chop etildi: 29.11.2016

Hayot davomiyligini qanday uzaytirish mumkin?

Quora servisi foydalanuvchilari hayot davomiyligini oshirish va kasalliklar xavfini kamaytirish uchun nima qilish kerakligiga doir tadqiqot o‘tkazishdi. Ekspertlarning fikricha, nafaqat iste'mol qilayotgan mahsulotlar sifati va ratsionga e'tibor berish, balki "ijtimoiy salomatlik"ka ham katta ahamiyat qaratish lozim - do‘stlar bilan munosabatlarni qo‘llab-quvvatlash, oilali bo‘lish va stresslarni chetlab o‘tish shular jumlasidandir. Quyida eng ko‘p uchragan javoblarni e'tiboringizga havola qilamiz.  1. Kaloriyalar iste'molini cheklang Aleks Chan ismli foydalanuvchi ratsionda imkon qadar yormalarni dukkaklilar va sabzavotlarga almashtirishni tavsiya qiladi. Qadoqlangan sharbatlarni ichish maqsadga muvofiq emasligi ta'kidlandi, zero ularda qand miqdori haddan ziyod. Shuningdek u past glikemik indeksli mahsulotlarni iste'mol qilishni maslahat beradi, ularga suli yormasi, brokkoli, olmalar, ismaloq kiradi. Bundan tashqari, ko‘proq suv ichishni unutmaslik kerak, chunki u kalo..
To`liq matn

Chop etildi: 29.11.2016

JALOLIDDIN RUMIY HIKMATLARI

Qumning bir zarrasiman, ammo bepoyon cho‘lning dardini ortmoqlab yuribman. Tuproqdan keldik, tuproqqa ketarmiz. Muhimi dunyoda kirlanmaslikdir, ko‘ngilni pok tutmoq, dilga kir yuqtirmaslikdir... Agar taqdir etsa Alloh - qo‘l ham olib kelar, yel ham olib kelar, sel ham olib kelar. Gar taqdir etmasa Alloh - qo‘l ham olib ketar, yel ham olib ketar, sel ham olib ketar.... Haqqa yetmoq istasang, ko‘ngillarni qozonmoqni maslak aylagin, buning uchun saroylarda marmar bo‘lma, bir tuproq bo‘lginki, bag‘ringda gullar yetishsin... Unutma! Iymonda ketmoq, jannatga erishmoq uchun bir umr lozim, bularning baridan ayrilmoq, kufrda ketmoq uchun bir lahza kifoya. Yaxshilik izla, to‘g‘rilik izla, go‘zallik izla, ammo ayb izlama. Savdosi, sarmoyasi, mol-dunyosi ko‘p odamning imtihoni ham og‘ir bo‘lur. Ishqi ulkanning imtihoni ham zalvorlidir. Go‘zalligingga quvonma, uni bir so‘gal buza olar, mol-mulkingga quvonma, uni bir ofat olib ketar. Robbingga quvon, u hammasiga kifoya etar....
To`liq matn

Chop etildi: 06.02.2017

Ayrim kishilarning ruhiyati haqida ikki og'iz fikr... (Jek Maning fikrlari)

Jek Ma, Alibaba Group kompaniyasining asoschisi va direktorlar kengashining raisi, millarder, filantrop.   Ayrim kishilar talabini bajarish juda mushkul. ·        Ularga nimanidir tekinga bersang, bu qopqon, deb o'ylaydilar. ·        Ularga bu kichik investitsiya desangiz – bunday kichik investitsiya bilan ko'p mablag' ishlab topish mumkin emas, deyishadi. ·        Ularga yirik miqdorda moliya kiritish taklifini bersangiz, pullarini yo'qligini ro'kach qilishadi. ·        Ularga yangi mavzular taklif etilsa – tajribalari yo'qligidan xavotirlanishadi. ·        Ularga bu anʻanaviy biznes ekanligini aytsangiz, bu og'ir deydilar. ·        Ularga bu yangi biznes-model desangiz – piramida deyishadi. ·        Ularga do'ko..
To`liq matn

Chop etildi: 27.03.2017

Bilimga boshqacha nazar

Biz doimo bilim zarur ekanligini anglaymiz, tushunamiz, ta’kidlaymiz. Bolalarimizga bilimli bo‘lish zarurligini uqtiramiz. Xo‘sh, bilim o‘zi nima degani? Bilim olamning tafakkurimizda aks etishidir. Bilim keng ma’noda tasavvur, tushuncha, nazariyalarning yig‘indisidan iborat. Tor ma’noda esa bilim biror narsa, voqea, hodisa, olam, tabiatni, insonni tushunish va biror ishni amalga oshirish imkonini beruvchi axborotdan iborat. Oddiygina qilib aytganda bilim bu dunyoni anglashga, tushunishga so‘ngra esa to‘g‘ri faoliyat olib borishga yordam beruvchi dasturil amal, ya’ni oddiy so‘z bilan aytganimizda biz uchun dasturdir. Insoniyat taraqqiyoti isbotlab turibdiki, bilim doimo insonga rivojlanish, xavfsizlik, rivojlanish imkonini berib kelgan. Ayniqsa, siz va biz yashayotgan juda ham o‘zgaruvchan, murakkab davrda bilim har qachongidan ham zarur resursga aylanib bormoqda! Masalan, har kuni jahonda yangi bir texnologik o‘zgarish va ixtirolar haqida eshitamiz, ko‘ramiz. Kerak bo‘lsa, t..
To`liq matn

Chop etildi: 08.06.2017

Mavlono Jaloliddin Rumiy hikmatlari

Mavlono Jaloliddin Rumiy hikmatlari Har ne bo‘lsang bo‘l, yo asling kabi ko‘rin, yo ko‘ringaning kabi bo‘l! Tilingdan oldin qalbingni tarbiya qil. CHunki so‘z qalbdan kelib, tildan chiqadi. • Ey, dil! Na bitmas xazinasan, na davosiz dard. • Ming yil o‘qisamu, mendan «nimani bilding», deb so‘rasalar, «haddimni bildim» deyman. • Dedilarki, ko‘zdan yiroq ko‘ngildan yiroq. Dedimki, ko‘ngildagi ko‘zdan yiroq bo‘lsa ne naf? • Ishq azobi tortmagan yurak yo telbaning, yo murdaning yuragidir. • Ey, yor! Biz ishq uzumining shingillari edik-ku! Boshqa shishalarga sharob bo‘libmiz, boshqa xayollarda harob bo‘libmiz. • Gulning go‘zalligi urug‘idan; insonning husni esa qalbidandir. • Ko‘nglingni poklamabsan-ku, tinmay tahorat olganing nimasi?! • Odamlar suratini bezatsa, sen siyratingni beza. Odamlar boshqalar aybidan so‘z ochsa, sen o‘z qusuringni o‘yla. • Poktiynat kishilar suhbatidan bahramand bo‘lmoq, podishohlar boshiga toj bo‘lmoqdan afzaldir. • Hojat emas, ..
To`liq matn

Chop etildi: 10.07.2017