O‘zimizni bilim olishga yo‘naltiramiz

O‘zimizni bilim olishga yo‘naltiramiz

Mustaqil ta'lim olish so‘nggi yillarning so‘zsiz trendiga aylandi. Zamonamiz kishisi oldinga harakatlanish va rivojlanishga vaqt ajratishga majbur, busiz na yaxshi pul topishning va na do‘stlar orttirishning iloji bo‘lmaydi. Biroq o‘qigisi kelmagan inson nima qilishi kerak? Quyida diqqatingizga havola qilinadigan tavsiyalar o‘zingizni qo‘lga olishga va muhim ishlar bajarishni orqaga suraverishga chek qo‘yishga yordam beradi.

Joy va jihozlar
Birinchi navbatda o‘zingizni salbiy tashqi ta'sirlardan butunlay chegaralashingizga to‘g‘ri keladi. Bilim olish uchun oldindan maxsus joy tayyorlab qo‘ying: ortiqcha shovqin-suronsiz, do‘st-birodarlarsiz va eng yaxshisi – ijtimoiy tarmoqlarga kirish imkonisiz! Dars qilishingiz uchun zarur bo‘lgan barcha o‘quv qurollarini taxt qilib qo‘ying, shunda unutilgan qalam, daftar yoki shunga o‘xshash narsalarni olish uchun diqqatingiz bo‘linmaydi.


Suv va yegulik
Foliyatimiz samaradorligi to‘g‘ridan-to‘g‘ri quvvat zahiramizga (yegulik) va organizmning gidratsiya darajasiga (suv) bog‘liq. Fast-fudning har qanday turidan voz keching: ularni iste'mol qilganda quvvat tez kelgani bilan tezda uyqungiz kelib qoladi.


Maqsad
Mavhum maqsadlardan saqlaning. “Men boy bo‘lish uchun bilim olyapman”, deya ko‘rmang. Ong bunday tasniflarga bo‘ysunmaydi, unga aniqlik kerak. Rasm chizishni o‘rganmoqchimisiz? Miyangizda faqat muayyan dars rejasini qoldiring: shtrixlash, laynvork, shaklga ishlov berish. Bajarilgan ish miyani dofamin dozasi bilan ta'minlaydi, demak, keyingi safar siz bunday ish yoki darsga katta ishtiyoq bilan kirishasiz.


Mukofot
O‘qishga dressirovkadek munosabatda bo‘ling. Sevimli itingiz buyrug‘ingizni bajarsa nima qilasiz? To‘g‘ri, unga biror mazali yegulik berasiz. O‘zingiz bilan ham xuddi shunday: ishni bajardingizmi, “bir bo‘lak qanding”izni oling. Bu sizga g‘alati eshitilsa-da, amalda yaxshi natija beradi.


Boshlang
O‘zingizni biror bir ishga rag‘batlantirishda ko‘pincha eng qiyini uni boshlash bo‘ladi. Biz ishlarimizni oxirgacha orqaga surishga odatlanib qolganmiz. Bu noto‘g‘ri. Biror bir ishni amalga oshirishga qaror qildingizmi – boshlang, bo‘shashmang! Qancha tez boshlasangiz, shuncha yaxshi.


Jadval yoki reja
Ishni boshlashda doimiy tartibga o‘rganish qiyin. Agar siz reja bo‘yicha ishlashga o‘rganmagan bo‘lsangiz, u holda jiddiy harakat qilishingizga to‘g‘ri keladi. Sizning o‘quv jadvalingiz hech qanday tashqi omillar sabab buzilmasligi kerak: rejada bormi, demak bajarilishi shart. Ikkinchi haftaning oxiriga borib, qoidalarga rioya qilish uchun katta kuch sarflashingizga hojat qolmaydi.


Repetitor
Repetitor ba'zan muammoning yechimi bo‘lib xizmat qilishi mumkin. Agar oddiy misollarni ham echa olmasangiz, u holda maxsus o‘qituvchini yollash – vaziyatdan chiqishning deyarli yagona yo‘li. Biri oy davomida repetitor boshchiligida ishlab ko‘ring, shunda asta-sekin mashg‘ulotlarga ko‘nikib borasiz va ongingizni ishlashga o‘rgatasiz.

Manba: Xabardor.uz