Remarkning go‘zal tuyg‘u haqidagi hikmatli so‘zlari

Remarkning go‘zal tuyg‘u haqidagi hikmatli so‘zlari

Uning asarlarida urush insonning erki, ishonchi va taqdirini sindiruvchi dahshat sifatida tasvirlangan. Sevgi esa butun borliqni zabt etishga qodir kuchli ehtiros kabi tarannum etilgan. Bunday muhabbat insondan insonda yetkazilgan eng og‘ir jarohatlarni ham davolay oladi.

E'tiboringizga taniqli nemis yozuvchisi Erix Mariya Remarkning «Uch og‘ayni», «G‘alaba gumbazi», «G‘arbiy frontda o‘zgarish yo‘q» va «Qarzdor hayoti» asarlaridan olingan muhabbat haqidagi iboralarni havola etamiz. Bu romanlarning har biriga yozuvchi o‘zining hayot tajribalari va sevgisini baxshida qilgan.

Hech bir kimsa sen avval sevgan insoning kabi begonaroq bo‘la olmaydi.

Inson boshqaga bir tomchi iliqlikdan tashqari yana nima bera olishi mumkin? Va bundan-da ortiq yana nima bo‘lishi mumkin? Sen faqat nech kimni o‘zinga juda yaqin tutma. Yaqinlashtirsang – olib qolishni istab qolasan. Afsus, hech narsani ushlab qolishning iloji yo‘q…

Nima sababdan hozirgi yoshlar juda g‘alati? Tarixdan nafratlanasiz, bugunni mensimaysiz, kelajakka esa befarqsiz. Bu oxir-oqibat yaxshilikka olib kelmaydi.

Inson hayoti birgina sevgi uchun juda ham uzoqqa cho‘ziladi. Shunchaki juda ham uzoq. Sevgi – mo`jizakor. Biroq ikki qalbdan biri uchun doim zerikarli bo‘lib qoladi. Boshqasi esa hech nimasiz qoladi. Qotib qolgan holda nimanidir kutib yashaydi. Xuddi telbalardek kutadi… Faqatgina biron marotaba ham yolg‘iz qolmagan inson sevgilisi bilan uchrashuv qanday baxt ekanligini his eta oladi.

Har qanday muhabbat abadiy bo‘lishni istaydi. Uning boqiy azoblari ham aynan manna shundan iborat.

Agar sevgiling bilan umrbod ajralishsang, u haqida chinakamiga qiziqa boshlaysan. Sevgining parodokslaridan biri.

Baxt nimaligini faqatgina baxtsiz biladi. Baxtli inson xuddi maniken kabi hayot quvonchlari qurshovida bo‘ladi: u faqatgina bu quvonchlarni namoyish etadi xolos. Lekin bu quvonchlar unga berilmagan. Chiroqlar yorug‘likda nur taratmaydi, u faqat yorug‘likda ziyo sochadi.

Baxt haqida besh daqiqa so‘zlash mumkin, undan ortiq emas. Sen o‘zingni baxtliligingdan ortiq hech nima deya olmaysan. Baxtsizlik haqida esa insonlar tongdan kun botgunga qadar so‘zlab berishlari mumkin.

Aslini olganda inson vaqtga kamroq e'tibor qaratsa va hech qanday qo‘rquv unga xavf solmasa chinakamiga baxtli bo‘ladi. Bari bir ham, agarda qo‘rquv soya solmasa, unda bajaradigan ishni o‘zi qolmaydiku?

Ahmoq bo‘lib tug‘ilish sharmandalik emas. Biroq ahmoq bo‘lib o‘lish uyatdir.

Inson qanchalik ibtidoiylashgan bo‘lsa, o‘zi haqidagi fikri ham shuncha osmonda bo‘ladi.

Inson o‘z aqlini ko‘z-ko‘z etayotganini ko‘rishdan-da zerikarliroq tomosha yo‘q. Ayniqsa, zarracha ham aql yo‘q bo‘lsa.

«Hozircha hech nima yo‘qotilgani yo‘q, — deb o‘z-o‘zimga qaytardim. — Insonni u vafot etgandagina bir umrga yo‘qotishing mumkin».

Kim ushlab qolishni istasa — yo‘qotadi. Kim tabassum bilan qo‘yib yuborishga tayyor tursa – o‘sha inson olib qolishga harakat qiladi.

Har bir inson bir xilda his etish imkoniyatiga ega, deb taxmin qilish xatodir.

Agar insonlar hech nimani sezib qolmasliklarini istasang, ehtiyotkor bo‘lishning keragi yo‘q.

Yigit, shu narsani yodda tut: ayol kishi uchun biron nima qilsang, hech qachon, hech qachon va yana aytaman, hech qachon uning ko‘ziga kulguli bo‘lib ko‘rinmaysan.

Men ayol kishi erkakka sevishini aytishi shart emas deb hisoblar edim. Bu haqida kerak bo‘lsa uning porlab turgan, baxtli ko‘zlari aytadi. Biroq bari balandparvoz gaplar ekan.

Ayolni yoki muqaddas bilish kerak yoki unga yaqinlashmaslik kerak.

Agarda ayol birovga tegishli bo‘lsa, u sevganining yanada ko‘proq orzusiga aylanadi — bu azaliy qoida.

Ayol - sizga metall buyum emas. U - bir gul kabi. U jiddiy munosabatni istaydi. Unga quyosh kabi qizdiruvchi shirin so‘zlar kerak. Yaxshisi unga har kuni qandaydir yoqimli so‘z ayting.

Qo‘lga kirita olmaganing, o‘zingda mavjud bo‘lganlarga nisbatan yaxshiroqdek tuyulaveradi. Inson romantikasi va telbaligi mana shundan iborat.

Tavba qilish — dunyodagi eng foydasiz narsa. Hech nimani ortga qaytara olmaysan. Hech nimani to‘g‘ri
 
lay olmaysan. Aks holda barchamiz aybsiz avliyolarga aylangan bo‘lar edik. Hayot bizlarni mukammalga aylantirish uchun berilmagan. Kimki mukammal bo‘lsa, uning joyi muzeyda.
O‘lishni istaguninggacha yashab o‘tgandan ko‘ra, yashashni istagan paytingda ko‘z yumganing yaxshiroq.

Manba: Xabardor.uz