Davlat imtihonlari oldidan bir necha foydali tavsiyalar!!!

Davlat imtihonlari oldidan bir necha foydali tavsiyalar!!!

     1. Tanaffuslar qiling. Bu o‘zingizni erkin qo‘yishingiz va yangi ma'lumotlarni to‘g‘ri taqsimlashingiz  

         uchun yordam beradi.
     2. Telefonni o‘chiring, ijtimoiy tarmoqlarga kirmang, televizor yoniga yaqinlashmang. Bunday

         ishtiyoqlarga qarshi kurashishda o‘zingizda kuch topishingiz zarur.
     3. To‘yib uõlang.
     4. Ovqatlanish haqida unutmang: bu organizmga qo‘shimcha kuch bag‘ishlaydi. Biroq haddan ziyod    

         to‘yib ovqatlanish zararli. Odatda to‘yimli taomlar iste'mol qilish kishini uyquga tortadi va o‘rganishni            istamay qolasiz.

     5. Stressli holatlar va odamlarning salbiy fikrlaridan qochishga harakat qiling.Tayyorgarlik vaqtidagi                sharoit maksimal darajada yoqimli bo‘lishi kerak.

6. Shpargalkaga ishonib qolmang. Ko‘chirib olish imkoniyati ham bo‘lmasligi mumkin. Agar ko‘chirib olish qo‘ligizdan kelmasa (tan oling, qo‘chirishga ham     katta mahorat kerak), bunga urinib ham o‘tirmang!
7. Dars qilish uchun o‘zingizga joy yarating: shinam, qulay, yorug‘, barcha zarur buyumlar bilan jihozlangan. Õonada to‘shak bo‘lmasligi kerak: zerikarli         mavzularda uõlab qolish ehtimoli kuchli bo‘ladi.

8. Qayd qilingan ro‘yõatlar tuzing: ularni yodlab olish oson.
9. Uzoq vaqt davomida o‘tirganda muskullarni bo‘shashtirish va chalg‘ish uchun sport eng yaõshi vositadir. Bundan tashqari, yugurish, velosiped haydash     yoki shunga o‘õshash jismoniy mashqlar vaqtida murakkab bo‘lgan savollar ustida shoshilmay fikrlashingiz mumkin.
10. Agar o‘qish uchun tayyor emasligingizni his etsangiz, o‘zingiz uchun eng qiziq tuyulgan mavzularni o‘rganishdan boshlang.
11. Kechki payt sayrga chiqing. Tayyorgarlik chog‘ida asablar taranglashadi. Shu sababli biroz dam olish ham kerak.
12. Aniq tayyorgarlik rejasini tuzing.
 

Manba: kunuz