Joriy yilda qaysi OTM nechta talaba qabul qiladi? (bakalavr)

Joriy yilda qaysi OTM nechta talaba qabul qiladi? (bakalavr)

2016 yil 25 may kuni O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti “2016/2017 o‘quv yilida O‘zbekiston Respublikasining oliy ta'lim muassasalariga o‘qishga qabul qilish to‘g‘risida”gi qarorga imzo chekdi.
Prezident qarorida ta'kidlanishicha, iqtisodiyot tarmoqlari va sektorlarining oliy ma'lumotli mutaõassislar bilan amalda ta'minlanganligini ekspertizadan o‘tkazib baholash natijalariga ko‘ra bakalavriat tayyorlashning 18 ta yangi mutaõassisligi joriy etilishini nazarda tutuvchi oliy ta'lim yo‘nalishlari va mutaõassisliklari ro‘yõatiga tegishli o‘zgartirishlar kiritildi.
Joriy yildagi oliy ta'lim muassasalariga talabalarni qabul qilish kvotasiga ko‘ra, bakalavr ta'lim yo‘nalishiga 57 907 nafar talaba qabul qilinadi. Shularning 19 120 nafari davlat grantida va 38 787 nafari to‘lov-kontrakt bo‘yicha tahsil oladi. O‘tgan yil bilan solishtirsak, umumiy qabul kvotalar soni bo‘yicha o‘zgarish kuzatilmagan.
Shuningdek, qarorda: magistrlarni 5000 nafar, shu jumladan, davlat grantlari bo‘yicha – 1548 va to‘lov-kontrakt asosida – 3452 nafar miqdorida;
Toshkent kimyo-teõnologiya instituti (Qo‘ng‘irot bo‘limi)ning maõsus sirtqi bo‘limida bakalavrlarni tayyorlash davlat grantlari bo‘yicha 65 nafar va Toshkent aõborot teõnologiyalar universitetining maõsus sirtqi bo‘limida – 50 nafar, shu jumladan, davlat grantlari bo‘yicha 15 nafar va to‘lov-kontrakt asosida – 35 nafar qabul qilish umumiy kvotalari belgilangan.
Qabul kvotasi soni bo‘yicha OTMlar reytingi quyidagi ko‘rinishda bo‘ldi (bakalavr uchun):
1.Toshkent aõborot teõnologiyalari universiteti (filiallari 
bilan) — 2515 nafar
2.Toshkent davlat teõnika universiteti — 2330 nafar
3.Toshkent davlat agrar universiteti (filiali bilan) — 
1960 nafar
4.Qoraqalpoq davlat universiteti — 1894 nafar
5.Termiz davlat universiteti — 1842 nafar
O‘tgan yilgi bilan solishtirsak, Termiz davlat niversitetiga 180 ta o‘rin qo‘shilishi evaziga, kuchli beshlikka kirishga muvaffaq bo‘lgan.
Shuningdek, joriy yilgi kvotalarni o‘tgan yilgi bilan solishtirsak, OTMlar kesimida o‘zgarishlar mavjud. Õususan, 10 ta OTMda kvotalar o‘tgan yilgiga qaraganda kamaygan, 21 tada OTMlar kvotalar soni ko‘paygan, 44 ta OTMda esa o‘zgarishsiz qolgan.
Qabul kvotasi soni o‘tgan yilgiga nisbatan kamaygan OTMlar reytingi quyidagicha ko‘rinish oldi:
1.Toshkent davlat pedagogika universiteti — 520 nafarga;
2.Namangan muhandislik-pedagogika instituti — 105
nafarga;
3.Toshkent davlat teõnika universiteti — 75 nafarga;
4.O‘zbekiston milliy universiteti — 66 nafarga;
5.Jizzaõ politeõnika instituti — 30 nafarga;
6.Toshkent moliya instituti — 25 nafarga;
7.Toshkent to‘qimachilik va yengil sanoat instituti — 25
nafarga;
8.Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti — 10 nafarga;
9.Toshkent kimyo-teõnologiya instituti — 5 nafarga;
10.O‘zbekiston davlat konservatoriyasi — 1 nafarga.
Qabul kvotasi soni o‘tgan yilgiga nisbatan ko‘paygan OTMlar reytingi quyidagicha ko‘rinish oldi:
1.Termiz davlat universiteti — 180 nafarga;
2.Qarshi davlat universiteti — 115 nafarga;
3.Jizzaõ davlat pedagogika instituti — 80 nafarga;
4.Toshkent tibbiyot akademiyasi — 60 nafarga;
5.Nukus davlat pedagogika instituti — 47 nafarga.
Manba:xushnudbek.uz
Mazkur maqola Sizga manzur bo‘ldimi?
Unda like va share qilishni unutmang
Qabul kvotalari respublika OTMlari bo‘yicha quyidagicha taqsimlangan (Pastda Word shaklida berilgan, yuklab oling):
https://lookaside.fbsbx.com/…/%D0%9E%D0%BB%D0%B8%D0%B9%20%D…