Parhezga dosh berolmaydiganlar uchun ozishning 10 usuli

Parhezga dosh berolmaydiganlar uchun ozishning 10 usuli

Ortiqcha vazndan xalos bo‘lish ko‘plab taqiqlardan iborat mashaqqatli jarayondek tuyuladi. Cheklovlarga dosh berolmaydigan kishilar bunday vaziyatlarda nima qilishlari kerak? Aslida har kuni bajarishingiz mumkin bo‘lgan bir qator oddiy amallar borki, ular sizga ortiqcha vazndan qutulishga yordam beradi.

Har bir taom iste'molidan oldin bir piyola suv iching

Suvni ovqat yeyishdan 10-15 daqiqa avval ichish tavsiya qilinadi. Bu vaqt ichida ochlik hissi kamayishga ulguradi, organizm esa kerakli namlikni oladi. Bunday odat chanqoqni ochlik bilan almashtirmaslikka yordam beradi.

 

Нонушта қилинг

Bolalikdan nonushta qilishning muhimligi bejiz uqtirilmaydi. Ertalabki metabolizm nonushtaning yaxshi  hazm qilinishiga olib keladi. Shu bois nonushtaning maksimal darajada to‘yimli bo‘lishi maqsadga muvofiqdir. 

 

Reklama vaqtida badantarbiya qiling

Bu usul kechki payt televizor qarshisiga qulay joylashib olishni odat qilganlar uchun ayni muddaodir. Televizion reklama paytida o‘tirib-turish yoki sakrash kabi oddiy mashqlarni bajarish odati hattoki ozishdan umidini uzgan kishilarning qomatini ham tez orada tartibga keltiradi. 

Toza havoda sayr qiling

Faollikni oshirish va bir kunlik bosilgan qadamlar soni sizning jismoniy holatingizga katta ta'sir ko‘rsatishi mumkin. Bir kunda sayr uchun ajratiladigan vaqt kamida 30 daqiqadan iborat bo‘lishi kerak. Keyinchalik sayr vaqtini sekin-astalik bilan uzaytirish mumkin. 

Taomni yetarlicha chaynashga odatlaning

Odamlar tez chaynash odatlari tufayli ko‘pincha keragidan ortiq taom iste'mol qilishadi. Tajriba taomning har bir tishlangan bo‘lagini kamida 30 marta chaynovchi insonlarning 15 martacha chaynagan kishilarga nisbatan 12 foizga kam ovqatlanishlarini ko‘rsatdi. 

Ko‘k choy iching

Bir qator tadqiqotlarga ko‘ra, ko‘k choydagi kimyoviy birikmalar yog‘larning to‘yinishi va singib ketishiga turtki bo‘lar ekan. 

Sut mahsulotlarini iste'mol qilishdan cho‘chimang

Sut mahsulotlari kalsiy, foydali yog‘lar va oqsilga boy hisoblanadi. Ulardan voz kechmang - ularni kundalik ratsioningizga moslab kiritishga harakat qiling.

Telefonda suhbatlashayotganda yurib gaplashing

Telefon orqali suhbatlashayotgan vaqtingizda õona bo‘ylab yurishga odatlaning va shu tariqa kuniga qo‘shimcha 500 kaloriyani parchalang - bu o‘zingiz sezmagan holatda faollikni oshirish usuli. 

Kamida 7 soat uxlashga harakat qiling

Tunda yaxshi uxlamagan kishilar, qoidaga ko‘ra, ko‘p ovqat yeyishadi. Uyqu etishmovchiligi miyaning tezkor uglevodlarga talpinish hissini oshiruvchi qismini faollashtiradi. Bundan tashqari, uyqu etishmovchiligi organizmda yog‘larning parchalanishi uchun mas'ul gormon - leptinning ishlab chiqarilishini kamaytiradi. 

     Do‘stlaringiz bilan mashq qiling

Do‘stona jamoasi bilan mashq qilishga odatlangan odamlarda yolg‘izlikni õush ko‘ruvchilarga nisbatan ozish imkoni ko‘proq bo‘ladi. Bu jamoa bo‘lib harakat qilish barchaga birdek vazifalar va faollik darajasi belgilanishi bilan izohlanadi.