Adabiyot yo‘nalishida 2016 yilgi Nobel mukofoti egasi aniqlandi.

Adabiyot yo‘nalishida 2016 yilgi Nobel mukofoti egasi aniqlandi.

Amerikalik musiqachi va shoir Bob Dilan adabiyot yo‘nalishi bo‘yicha 2016 yilgi Nobel mukofoti egasiga aylandi. Bu haqda Shvetsiya akademiyasi ma'lumotida keltirilgan.

Qayd etilishicha, unga mukofot "Amerika qo‘shiqchilik an'analarida yangi poetik ifodalari" uchun taqdim etilgan.

Mukofotni topshirish marosimi an'anaga ko‘ra, 10 dekabr kuni Stokgolm shahrida bo‘lib o‘tadi.

2016 yilda mukofotning pul qiymati 8 million shved kronasiga (923 ming dollar) teng bo‘ldi.

Bukmekerlik idoralari g‘olib bo‘lish uchun yaponiyalik yozuvchi Haruki Murakami, keniyalik yozuvchi Ngui Va Txiongo, norvegiyalik dramaturg Yun Fosse, amerikalik klassik Filipp Rott, suriyalik shoir Adons hamda amerikalik prozaik Don Deliloning imkoniyatlarini yuqori baholashayotgandi.

Haqiqiy ismi-sharifi Robert Allen Simmerman bo‘lgan Bob Dilan - rok musiqada kult figura hisoblanib, zamonaviy musiqachilar orasida eng mashhurlaridan biridir. Uning bir qancha kompazitsiyalari AQShda fuqarolik huquqlari uchun kurashda foydalanilgan (masalan, Blowin' in the Wind i The Times They Are a-Changin' qo‘shig‘i). 75 yoshli Dilan 2 karra «Gremmi» mukofoti olgan. 2000 va 2001 yillarda u «Vunderkindlar» filmiga yozilgan saundtrek uchun «Oskar» hamda «Oltin globus» mukofotlari bilan taqdirlangan.

Eslatib o‘tamiz, Adabiyot yo‘nalishi bo‘yicha 2015 yilgi Nobel mukofoti «Davrimiz qiyinchiliklari haqidagi turfa tovushli asarlari» uchun belaruslik shoira Svetlana Aleksiyevichga berilgandi.

Manba: Kun.uz