Ta'lim maskanlaridan gazlangan ichimlik va tezpishar taomlar yo‘qoladi!

Ta'lim maskanlaridan gazlangan ichimlik va tezpishar taomlar yo‘qoladi!

O‘zbekistondagi maktab, litsyey va kollejlar oshxonalaridan kuchli gazlangan ichimliklar va tezpishar taomlar yo‘qoladi. Buning o‘rniga maxsus tashkil etilgan kombinatda tushlik ovqatlari tayyorlanadi va ta'lim maskanlariga etkaziladi. Taomlar mutaxassislar va O‘zbekiston oshpazlari uyushmasi tomonidan tavsiya etilgan maxsus ko‘rsatmalar asosida tayyorlanadi, deb yozmoqda Uzbekistan today nashri. 

Vazirlar Mahkamasining 2016 yil 2 maydagi 132-sonli «O‘rta va o‘rta-maxsus, kasb-hunar ta'lim muassasalarida sog‘lom ovqatlanishni tashkil etishni takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida»gi qaroriga muvofiq, 2020 yilgacha maktablar, kollej va litsyeylarda ovqatlanish tizimi takomillashadi. 

2017-2020 yillarda respublikaning uzoq hududlaridagi oshxonasi bo‘lmagan 400dan ortiq umumta'lim maskanlarida bufetlar uslubidagi oshxonalar barpo etiladi. Bundan tashqari, ishlamayotgan oshxonalar qayta jihozlantirilib, faoliyati yo‘lga qo‘yiladi. 

2017 yilda har bir viloyatda taom tayyorlovchi kombinatlar ishga tushirilsa, 2018 yilda har bir tumanda shunday muassasalar paydo bo‘ladi. Barcha taomlar maxsus termo-idishlarda tashiladi. 

Bolalar bog‘chalariga boruvchi bolalar, maktab, kollej va litsyey o‘quvchilari uchun ularning yoshi va ehtiyoji e'tiborga olingan maxsus taomnoma-dasturlar qabul qilinadi. Ularga salat, birinchi va ikkinchi taom, desert kiritiladi. Bu to‘plamdagi tushlik narõi o‘rtacha 2000 so‘m atrofida bo‘ladi. Bunga, taom sifatining pasayishi emas, balki mahsulotni ishlab chiqarish samaradorligini oshirish evaziga erishiladi. 

 

Manba: Xabardor.uz