QANDAY QILIB YALQOVLIK BILAN KURASHISH MUMKIN???

QANDAY QILIB YALQOVLIK BILAN KURASHISH MUMKIN???

Birinchidan, yalqovlik va charchoq tushunchalarini bir-biridan ajratib olish zarur. Bekorchidan Xudo bezor deyishadi, ammo shunday paytlar bo'ladiki, odam dam olishga, o'zini tiklab olishga ehtiyoj sezadi. Axir ko'pchilik hollarda yalqovlik orqasida chinakam charchoq yashiringan bo'ladi. Shaharda axborotlar shu darajada to'lib-toshganki, organizmda kechadigan jarayonlar o'z-o'zidan sekinlashib, to'xtab qoladi.
Ikkinchidan, zaxiradagi barcha sarf-xarajatlarni va qiyinchiliklarni hisobga olish zarur. Kishida "O'zi nima istayman?" degan savol paydo bo'lishi kerak. Bunga javob topgach, nimalardan voz kechishga to'g'ri kelishi va ro'y bergan o'zgarishlar atrofdagilarga qanday ta'sir ko'rsatishini tushunib olish lozim.
Uchinchidan, muhim ishlar rejasini aniq tuzib olish darkor. Kerakli masala bo'yicha qo'shimcha ma'lumotlar to'plab, yana nimalar qilish mumkinligi haqida bosh qotirish shart. Bunda zaxiradagi imkoniyatlarga qaratish kerak.
Oxirida ishni bajarishga kirishib, vazifalarni amalga oshirish vaqti va bosqichlariga ko'ra ajratib olishga harakat qilish kerak. Ammo ba'zilar uchun oxiri ko'rinmaydigan ro'yxatlarni tuzish foydasiz ish bo'lib ko'rinishi mumkin. Agar ma'lum vosita, masalan, yozma reja tuzish sizga mos kelmasa, boshqa usulni qo'llash lozim.