Psixologning eng qisqa konsultatsiyasi!

Psixologning eng qisqa konsultatsiyasi!

Er va xotin ilk marotaba tashrif buyurishi. Men charchab (bu 5 konsultatsiya edi), och qolganimga qaramay, og‘ir va bosiq edim.

— Men birinchi marta psixolog huzuridaman! — deydi jahli chiqqan erkak. O‘simtalar chiqyapti. Turli xil — «Jin ursin!». — Meni xotinim ko‘ndirdi!

— Xo‘sh?

— Nima xo‘sh?!! O‘g‘limiz. O‘g‘lim. Ahmoq! — keskinlashdi u.

— Ahmoqlik — bu psiõiatrik tashxis, — toliqqan holda aytdim men. — O‘g‘lingiz shu ma'noda telbami?

Erkak endi menga xuddi ahmoqga qaragandek nazar tashladi. Keyin ayoliga yuzlanib,  savol berdi: «Meni o‘zi kimning oldiga olib kelding?!!»

U stulning chetida o‘tirib, ko‘zlarini olib qochdi. Qo‘llarini tizzasi orasiga siqib olgan.

U qovog‘ini solganicha, menga o‘girilib, jim turardi. Men ham. Buni ko‘tara olmay, yanada achchiqlandi.

— Mana siz psixologsiz, shundaymi? Xm. U holda menga tushuntiringchi, u bilan nima qilish mumkin?

— Kim bilan?

— O‘g‘lim bilan!

— Unga nima qilgan?

Erkak ko‘zlarini katta ochib, men ahmoqligimga va fikrlarni o‘qiy olmasligimga hayron bo‘ldi. Yana õotiniga o‘girildi: «Sen qayerdan bu tentakni topding?». Biroq xotin — mahoratli kurashchi, ko‘zlarini ko‘tarmagan holda o‘tirib olgan edi, uning yuzi oqarib ketganidan barcha kuchini erini bu erga olib kelishga sarflaganini tushunib etdim.  

— U qirg‘oqlarni ko‘rmaydi, tushunyapsizmi? Tirrancha. 14 yosh, lekin o‘zini shunday tutadiki...

— Qanday?

— Ishdan so‘ng uyga kelaman. Etiklar gilamning o‘rtasida turadi. Unga: «Sen hayotda biror narsani qila olasanmi? Hech bo‘lmasa etiklarni joyga qo‘yishni» dedim. 

Yuz marta unga etiklarni yon tarafga qo‘yishini aytganman, biroq ahmoq hech narsani tushunmaydi. Hayotdagi barcha narsaga osonlikcha erishadi. Telefon sindi. Qadrlamaydi. Men bilan hech nima o‘rtoqlashmaydi. Onasiga ham qo‘pol muomala qiladi. Uyda hech nima qilmaydi. Barcha so‘zlar devorga aytilgandek, go‘yo.  Na uyat, na vijdon bor. Õo‘sh, o‘zimni u bilan qanday tutay?! Qanday qilib til topishish mumkin? Siz psixologsiz, qani unda maslahat bering!!! Sizda retsyept bormi?

— Bor, — deb javob qildim, garchi psixologik konsultatsiyaning barcha qonunlarini buzgan bo‘lsam-da.

— Yechim ham bormi?

— Bor, — dedim o‘zimning surbetligimdan yanada esankirab.

Tushunasizmi, psixologik  konsultatsiyaning algoritmi mavjud. Ayniqsa birinchisi. Meni ilk uchrashuv  — ma'lumotlar to‘plash, so‘rovni aniqlashtirish, aloqa o‘rnatish ekanligiga o‘rgatishgan. Hech qanday terapiya haqida so‘z bo‘lishi mumkin emas. Bundan tashqari, hech qanday yechim ham yo‘q edi. Menga nima jin urdi... (((

— To‘g‘ri tushungan bo‘lsam, siz o‘g‘lingiz bilan qanday gaplashishni bilmaysiz va u bilan til topisha olmaysiz?

— Ha, aytdimku!

— Yechim bor, juda oddiy. Biroq buni uddalay olasizmi, bilmadim, — mutlaqo haqiqiy shubha bilan dedim men.

— Xo‘sh? Ayting!

— Buni aytish emas, bajarish zarur.

— Nimani bajarish?

— O‘g‘lingizning ismi nima?

— Anton.

Shunda men qog‘oz, marker olib, unga «o‘g‘il Anton, 14 yosh» deb yozdim, uni xonaning uzoq burchagiga qo‘yib, erkakka o‘g‘lini qog‘oz ustida turgandek tasavvur qilishini so‘radim.  

— O‘xshadimi? — so‘radim men.

— Ha.

— Enda sekin qadamlar bilan qog‘ozga boring, uning yoniga turib, o‘g‘lingiz  obraziga kiring va unga aylaning. 

Yuzidagi aniq shubhalar bilan u bu ishni qila boshladi. Ko‘zini yumdi.

— Endi aytingchi, nimani his qilyapsiz?

— Qo‘rqinchli yolg‘izlik. Ko‘z yoshi. Yig‘lagim kelayapti. 

— Nima uchun?

— Alamlar tufayli. Barcha tergaydi, turtkilaydi. Barchasi noto‘g‘ri, bu... Yashashni istamayman. Men barcha uchun qandaydir tasqaraman.

— Kim uchun — barcha uchunmi?

— Ha, barchaga.

— Kimga?

— Otamga.

— Undan nimani istagan bo‘lar eding?

— Bir marotaba bo‘lsa ham maqtashini. Ahvolim qandayligini so‘rashini. Baqirmasligini. Men ham erkakman, men bilan faxrlanishini.

— Nafas oling va nafas chiqarayotganda qog‘ozdan tushing.  

Erkak jim bo‘lganicha stulga kelib, o‘tirdi. Sokinlik. Ayol ko‘z yoshlarini artdi.

— Men barini tushundim, — birdan deyarli pichirlagan holda dedi u.  — Barchasini tushundim. Men o‘zimni kichik deb his qilibman. Ota bo‘lib esa faqat tanbeh beribman. Barini tushundim. Rahmat.

Uning va xotinining ko‘zlari yashil. Yorqin. Uning quloqlari ham qandaydir yaxshi, ta'sirli...

Barchasi 18 daqiqa davom etdi. Hayotimda ilk bora.

Muallif: Yekaterina Savinova

Manba: Xabardor.uz