Gadjetlar umrini qisqartiradigan xatola

Gadjetlar umrini qisqartiradigan xatola

 

Ko‘p hollarda telefon yoki noutbuk sotib olingach, yarim yildan so‘ng uskunalar eskirayotganiga guvoh bo‘lamiz. Bunga esa odatda, o‘zimiz aybdor bo‘lamiz. 

Quyidagi foydali maslahatlar planshet, telefon va noutbuklar yanada uzoqroq vaqtgacha õizmat qilishiga o‘z hissasini qo‘shishi aniq. 

 

Akkumulyator zaryadi

Zamonaviy litiy-ionli va litiy-polimerli akkumulyatorlarda (batteryuniversity, electronics) xotira effekti yo‘q, shuning uchun telefonlar, planshet va noutbuklarni nol foiz bo‘lishini kutmasdan zaryadlash kerak.

Akkumulyatorlar umrini uzaytirish uchun o‘z gadjetlaringizni tez-tez quvvatlab turing. Eng yaxshi variant — batareya ko‘rsatkichi 10–20 foizdan pastni ko‘rsatsa, telefonni zaryadga qo‘yish lozim. Bu quvvatlanish sikli sonini 1000–1100 (bestgopower, batteryuniversity) oshirishga yordam beradi.

Zamonaviy akkumulyatorlar to‘liq quvvat olib bo‘lganidan so‘ng zaryadlash vositasida qolib ketsa ham hech qanday zarar ko‘rmaydi. Akkumulyatordagi kontroller tok zaryadini to‘xtatadi va hech qanday xavf bo‘lmaydi. Biroq bu telefonlarni doim zaryadda ushlash kerak, degani emas. Batareya quvvatni 40 va 80 foizli diapazonda (sciencealert, bestgopower) ushlansa ko‘pga chidaydi.

Aynan shu sababli arzon akkumulyatorlarni sotib olish xavfli — ular sifatsiz bo‘lib, kontrollerlar bo‘lmaydi. Shuningdek, "begona" zaryadlar va USBlardan foydalanmang.

Bir soatdan kam vaqt davomida to‘liq quvvatlashni va'da qiluvchi ultratezkor vositalardan qoching.

Yana bir eslatma: agar smartfoningizda qalin qoplama bo‘lsa, uni akkumulyator qizib ketmasligi uchun quvvatlayotgan mahal olib turgan ma'qul. 

 

Harorat rejimi

Noutbukdan foydalanayotgan mahal uni tizzada ushlash yoki karavotga qo‘yish tavsiya etilmaydi. Havo aylanadigan teshiklarda uskuna qizib ketmasligi uchun ochiq havo oqimi bo‘lishi zarur. Buning uchun ventilyatorlar joylashgan maxsus tagliklar asqatadi.

Litiy-ionli akkumulyatorlarning eng katta dushmani — yuqori harorat: ular qizib ketishga chiday olmaydi. Shu sababli qurilmalarni quyosh nuri tushadigan yerga yoki isitish vositalari yoniga qo‘ymang.

Sovuq faslda ko‘chadan issiq xonaga kir a turib, noutbukni darhol yoqmang. U avval moslashishi zarur. Yaxshisi, bir soatcha kutgan ma'qul.

Ayozli kunlarda smartfondan foydalanmaslikga harakat qiling, ularni kurtkaning ichki qismi yoki maxsus qoplamalarda olib yurish lozim. Past harorat qurilmalar uchun zararli.

Displey

Noutbuk yoki kompyuter ekranini uzoq muddatga quyosh nuri qarshisida qoldirmaslik kerak, bu ranglarning kuyishiga olib keladi. Shu sababli gadjetlarni oynadan nur tushadigan yerga qo‘ymaslik kerak.

Noutbuk ekranlariga juda ehtiyotkor bo‘ling. Ekranga barmoqlaringizni tekkizmang — u yerda hosil bo‘lgan to‘q dog‘lar umrbod ketmasligi mumkin.

Ekranni artish uchun yunsiz maxsus salfetkalarni ishlatgan ma'qul. Hech qachon tozalash vositalaridan foydalanmang — ular tarkibida ammiak spirti bo‘lib, ekranga bevosita zarar keltirishi mumkin.

Noutbukni yopishdan avval klaviaturada hech narsa qolmaganiga ishonch hosil qiling. Hattoki, mayda narsa ham oynaga zarar keltirishi mumkin.

 

Kuchlanishdagi farq

Agarda momaqaldiroq bo‘lsa, kompyuterni quvvatlash vositasidan olib qo‘ying. Agar kabelli internet bo‘lsa o‘chirib qo‘ying. Texnika bu vaqtda tabiat kuchini boshdan o‘tkazishi mumkin. Kuchlanishdan himoya qiluvchi quvvati minglab gigavolt (easykey, abc)ga yeta oladigan to‘lqin filtrlari chaqmoqqa qarshi chiqishi dargumon.

 

Agar siz yashaydigan yerda tarmoqlar kuchlanishi tushib ketsa, kompyuter bilan birdaniga texnikani xavfsizlantiradigan uzluksiz quvvat manbaini sotib oling.

 

Chang va kirlardan tozalash

Agar mobil telefon sumkaning bosh bo‘linmasida saqlansa, uning porti chang va mayda kirlar bilan to‘lishi mumkin, bu esa keyinchalik mummolar keltirib chiqarishi mumkin. Kirlarni tozalash uchun telefonni o‘chirib, tish kavlagichlar yordamida tozalab, salfetka bilan arting.

 

 

Sumkangizda telefon uchun maxsus joy bo‘lsa ayni muddao bo‘ladi.

Yiliga bir yoki ikki marta (ekspluatatsiya sharoitiga qarab) noutbuk va kompyuterlar changlar tufayli tozalanishi kerak bo‘ladi. Agar kompyuter kuleridan shovqin kelayotgan bo‘lsa yoki noutbuk qattiq qizib ketsa, tozalash vaqti kelganidan darak beradi.

Agar siz teõnikani ochishdan va o‘zingiz mustaqil tarzda tozalashdan qo‘rqsangiz, xizmat ko‘rsatish markaziga murojaat qiling. 

Manba: Xabardor.uz