Organizmning himoya mexanizmi sanalgan 9 g‘ayrioddiy holat

Organizmning himoya mexanizmi sanalgan 9 g‘ayrioddiy holat

 

Bizning tanamiz — bizga tushunarsiz bo‘lgan ko‘plab biologik jarayonlar va tizimlarning biologik birikmasidan iborat. Himoya mexanizmi majumi — shular jumlasidan. Tanamiz bizlarni zarar yetkazishi mumkin bo‘lgan barcha narsadan kuniga 24 soat, haftada etti kun himoya qiladi.

Biz asl sababini bilmaydigan organizm amalga oshiruvchi quyidagi ajoyib holatlar ham insonni hayratga soladi.

 

Hiqichoq

Biz taomning katta bo‘lagini og‘izga solib, ko‘proq yeb yuborsak, asablarning oshqozon va diafragmadan o‘tuvchi yallig‘lanishiga olib keladi. Natijada, hiqichoq huruji yuzaga keladi. 

 

Esnash

Biz odatda qattiq charchagan miyani sovutish uchun esnaymiz.

 

Aksirmoq

Odatda biz burun kanallarida haddan ziyodko‘pallergenlar, mikroblar, chang va boshqa zararkunandalar yig‘ilganda aksiramiz.Bu tanamizni«kirlar»dan tozalashning bir usulidir.

 

Cho‘zilish

O‘zimiz tushunmagan holda tanamizni kun davomida navbatdagi jismoniy zo‘riqishlarga tayyorlash uchun kerishamiz. Kerishish muskullarni qizdiradi, qon aylanishini tiklaydi va ertalabdan kayfiyatni yaxshilaydi.

 

Uyquga ketgan vaqt tirishishlar

Endi uyquga ketganimizda bizda birdan pastga qulayotgandek, seskanib tushgandek g‘alati tuyg‘ular paydo bo‘ladi. Shu vaqtda barcha mushaklar ichakda siqiladi, bu holatda esa karavotdan qulab tushish mumkin. 

Bu fenomen biz uyquga ketganimizda nafas olish chastotasining birdan tushib ketishi, pulsning sekin kamayishi va mushaklar erkin bo‘lgani tufayli yuzaga keladi. Miya esa bu holatni o‘limga yaqinlashish deb qabul qiladi vabizni qutqarish uchun tortishish orqa li belgi beradi.

 

Terining bujmayishi

Barmoq uchlaridagi terining bujmayishi juda ham muhim holat. Tana namgarchilik darajasi ko‘tarilganini sezadi va atrof-muhit sirg‘anchiq ekanligini tushunib yetadi. Shuning uchun, barmoq uchlaridagi teri silliq yuzada harakatlana olishi uchun shunday ko‘rinishga kiradi. 

 

Xotiraning qisman yo‘qotilishi​​

Bunday holat odatda eng yoqimsiz va hayotimizda jarohatli hodisalar sodir bo‘lganda yuz beradi. Bizning miyamiz dahshatli narsalarni o‘chirib tashlashga harakat qiladi. 

 

Et jimirlashi

Et jimirlashining asosiy vazifasi tanamizdagi teshiklarni yopilishi natijasida chiqib ketadigan teri issiqligini oldini olish hisoblanadi. Ya'ni organizm bizni tezroq qizdirish uchun haraka t qiladi. 

 

Ko‘z yoshlari

Ko‘z yoshlarimiz shilliq qavatni himoya qilishdan tashqari,hissiy himoya vositasi ham hisoblanadi. Olimlarning fikriga ko‘ra, tana insonni his etayotgan og‘rig‘idan chalg‘itish uchun ko‘z yoshlarini chiqarar ekan.

Manba: Xabardor.uz