Smartfonlardan qanday dam olish mumkin

Smartfonlardan qanday dam olish mumkin

 

Britaniyadagi Derbi universitetining yangi tadqiqoti insonlar juda ko‘p vaqtini telefon va boshqa gadjetlarga sarflashini aniqladi. Psixolog shifokor Dipika Chopra ijtimoiy media hamda smartfon bilan o‘tgan vaqt orasida juda yaqin aloqa borligini aytmoqda. Shu o‘rinda, haddan ortiq ijtimoiy ma'lumotlar faqatgina vaqtingizni emas, ruhiy va jismoniy salomatligingizni ham o‘g‘irlab qo‘yishi mumkin.

 

Texnik tanaffus

Kaliforniya universiteti psixolog professori, shifokor Larri D. Rozen o‘zingizni telefondan sekin-astalik bilan ajratishingizni tavsiya qiladi. Telefon ekraniga umuman qaramaslik uchun ayrim texnik tanaffuslar qiling. Barcha ijtimoiy mediani tekshirish uchun bir necha daqiqa sarflang, keyin esa telefonni yarim soatga tinch qo‘ying. Uning ekran qismini o‘girib qo‘ying.

 

Meni uyg‘otma

Telefonni budilnik sifatida ishlatishni to‘xtating. Ha, bu qulay, biroq birgina budilnikni o‘chirish uchun tuni bilan yig‘ilib qolgan yangiliklarni o‘qishga vaqt sarflab qo‘yganingizni payqamay qolasiz. Yotoqxonada imkon boricha telefon ushlamaslikga harakat qiling, tun — dam olish vaqti.

 

Xabarlarni o‘chiri ng

Navbatdagi bildirgi kelishi bilan siz albatta, telefonda yangi xabarlarni o‘qish yoki o‘chirish uchun yarim soatga yaqin vaqtni behuda sarflaysiz. Qayg‘urmang, bu muammoni hal etish mumkin: ko‘p qismli xabarlarni o‘chirib qo‘ying va tinchgina yashang. Faqat va faqat muhim xabarlarnigina o‘qish uchun maxsus dasturlardan foydalanish mumkin — qolganlari esa shunchaki vaqtni yo‘qotish.

 

Oqilona nazorat

Bu yerda sizga kun tartibi yordamga keladi. Qaysi vaqtda telefondan foydalanishga zaruriyat tug‘ilmaydi, shu vaqtni belgilab oling. Masalan, uyga qaytishingiz bilan ovozsiz rejimga qo‘ying. Siz taom tayyorlash, uy ishlari bilan mashg‘ul bo‘lasiz. Eng kamida bir soat ichida siz hech qanday noqulaylik his etmaysiz.

 

Dushman deb biling

 

Telefon qaramligiga qarshi kurashing. Smartfon uchun qancha vaqt ajratilganini monitoring qilib turuvchi maõsus dasturlar (Android uchun QualityTime, IOS uchun Moment ) mavjud. Bu dasturlarni telefondan juda uzoq muddat foydalanilganda eslatib turish foydalanish mumkin.

Manba: Xabardor.uz