Bilimga boshqacha nazar

Bilimga boshqacha nazar

Biz doimo bilim zarur ekanligini anglaymiz, tushunamiz, ta’kidlaymiz. Bolalarimizga bilimli bo‘lish zarurligini uqtiramiz. Xo‘sh, bilim o‘zi nima degani?

Bilim olamning tafakkurimizda aks etishidir. Bilim keng ma’noda tasavvur, tushuncha, nazariyalarning yig‘indisidan iborat. Tor ma’noda esa bilim biror narsa, voqea, hodisa, olam, tabiatni, insonni tushunish va biror ishni amalga oshirish imkonini beruvchi axborotdan iborat. Oddiygina qilib aytganda bilim bu dunyoni anglashga, tushunishga so‘ngra esa to‘g‘ri faoliyat olib borishga yordam beruvchi dasturil amal, ya’ni oddiy so‘z bilan aytganimizda biz uchun dasturdir.

Insoniyat taraqqiyoti isbotlab turibdiki, bilim doimo insonga rivojlanish, xavfsizlik, rivojlanish imkonini berib kelgan.

Ayniqsa, siz va biz yashayotgan juda ham o‘zgaruvchan, murakkab davrda bilim har qachongidan ham zarur resursga aylanib bormoqda! Masalan, har kuni jahonda yangi bir texnologik o‘zgarish va ixtirolar haqida eshitamiz, ko‘ramiz. Kerak bo‘lsa, tobora murakkab texnologiyalardan foydalanamiz. Davrimizning o‘zgaruvchanligining asosida ham aslida bilimlar yotibdi. YAngi bir telefon, kompyuter, turli axborot texnologiyalari bizga beminnat xizmat qilmoqda. Boradigan joyimizni yaqin, manzilimizni yaqin, etkazadigan xabarimizni tezlashtiradi. Korxonalarda ham kompyuter va internet xizmatlaridan foydalanamiz. Bolalarimiz maktab va boshqa ta’lim dargohlarida ham ma’lum ma’lumotlarni olish, o‘qish, o‘rganish uchun zamonaviy axborot texnologiyalaridan foydalanadilar. Qo‘yingki, har birimiz uchun axborot texnologiyalaridan foydalana olish zaruriyatga aylanib bormoqda. Bu texnologiyalar ham bilimlar asosida yaratilgan va ma’lum bilimlar asosida ishlatiladi.

Murakkab davrda yashayabmiz deb aytib o‘tdik. Davrimizning murakkabligi shundaki, butun dunyoda yashash va ishlash uchun ko‘proq va sifatliroq bilim olish zarur bo‘lmoqda. Zamonaviy insondan u qaysi kasbda bo‘lmasin  sifatli ta’lim talab etilmoqda. SHu sababli hozirda bilim olish uzluksiz, bir umrlik jarayonga aylanib bormoqda.

Biz yashayotgan davrning yana bir xususiyati, doimo jamiyat, davlat rivojlanishi uchun yangi bilimlarning zarur bo‘lib borayotganidir. SHu sababli rivojlangan davlatlar tobora bilim jamiyati sari borayotganlarini olimlar ta’kidlamoqdalar. Bunday jamiyatda kimning bilimi sifatli, mukkammal bo‘lsa, yaxshi va sifatli hayot kechirish imkoniyatiga ko‘proq ega bo‘ladi. Bilimlarini ko‘proq namoyon etsa, ulardan amalda foydalansa, yaxshi daromadga, obro‘ e’tiborga ega bo‘ladi. Oilasi, xalqi va jamiyatga ko‘proq foydasi tegadi. Masalan, bilimi yaxshi bo‘lganligi sababli kredit olib biron kichik korxona ochishi, kishilarni ish bilan ta’minlashi pirovardida ro‘zg‘orini gullatib yuritishi mumkin.  YOki yaxshi doktor bo‘lsa,  ko‘proq bemorlar uning qabuliga kelishga intiladi, natijada mablag‘i ham ko‘proq bo‘ladi. Farzandimiz  yaxshi mablag‘ va obro‘ e’tiborga ega bo‘ladi. Bundan farzand, hoh o‘g‘il bo‘lsin, hoh qiz o‘zi ham, uning oilasi ham, qolaversa jamiyat ham, davlat, qolaversa butun dunyo ham naf ko‘radi. CHunki yaxshi bilimga ega bo‘lgan, tillarni mukammal biluvchi farzandlarimiz dunyoning istalgan joyida bemalol ishlashi, hamkasblari bilan raqobatlashish imkoniyatiga ega bo‘ladi. YA’ni dunyoda raqobatbardosh mutaxassis bo‘ladi.

Demak, BILIM, GO‘ZAL AHLOQ VA TADBIRKORLIK ZAMON TALABIDIR.

SHu sababli buyuk ajdodlarimiz, ulug‘ mutafakkir olimlarimiz qadimdan bilim olishga katta e’tibor qaratganlar. Bilim baxt kaliti, hayotni yoritib turuvchi nur sifatida e’zozlangan. Ulug‘ mutafakkirlarimizning meroslaridagi ikki jihat bugungi kunda juda ahamiyatli bo‘lib bormoqda. Birinchidan, bilim va chiroyli ahloqning birgalikda bo‘lishi. Ikkinchidan, bilimdan doimo foydalanish zarurligi haqidagi fikrlari.

Demak, bilimdan to‘g‘ri foydalanish insonga to‘g‘ri, baxtli yashash imkoniyatini beradi. Ko‘pincha bilimli ammo nochor bo‘lib qolgan kishilarni uchratamiz. Insoniyat to‘plagan bebaho hayotiy tajriba, donishmandlar isbotlab turibdiki, inson bilimini amaliyot bilan bog‘lay olmasa, Bedil aytganidek, ortiqcha tosh bo‘lib qoladi. Demak, bilimni ahloq va amal bilan bog‘lay olishimiz zarur ekan. SHunday ekan, farzandlarimizga qanday bilimlar berishimiz, qanday usullarda berishiimiz bugungi kunning eng dolzarb, muammosi desak, xato bo‘lmaydi!

Bizning bugungi kunda bilim olishga munosabatimiz qanday? Bu haqda o‘ylab ko‘rsak. Farzandlarimizni qanday bilim olayotgani bilan yana bir bor qiziqsak. Bilim olish borasida ularga qanday ko‘mak va nazorat zarur. Bu masalalar har bir ota va onaning kelajagiga daxldordir. CHunki bilimli va madaniyatli yigit qizlar nafaqat oilamiz, balki jamiyatimizni gullab yashnatuvchi, og‘irini engil qiluvchi tayanchdir. 

YUqoridagi fikrlar bizni shunday xulosa qilishga undadi. Demak, davrlar almashinmoqda, asrlar, yillar o‘zgarmoqda. Ammo siz va bizning bilimga bo‘lgan tashnaligimiz, talabimiz, sarflayotgan vaqtimiz, sarfimiz ortib bormoqda. Hamma davrlarda bilim insonga zarur bo‘lgan. Ammo bilim bugungi kundagidek oliy qadriyat va zaruriyat bo‘lmagan.

Muloxazalarimizdan xulosa qilsak, biz bolalarimizni bilimli bo‘lishiga imkoniyat yaratishimiz, ularga ko‘makdosh dust bo‘lishimiz, o‘zimiz ham doimo bilimga intilishiimiz talab etiladi. Bizning bilimga munosabatimiz farzandlarimizda aks etadi, pulni maqsad kilsak, bolalarimiz uchun ham  pul oliy qadriyatiga aylanadi. Bilimni ulug‘lasak, farzandlarimizning sifatli bilim va ahloq bilan tarbiyalasak, ularga buning uchun yaxshi imkoniyatlar yarata olsak, bilim qadriyatga aylanadi. Zero, farzand ota va onani o‘zida aks ettiradi.

O‘z aksingiz bo‘lgan farzandlaringiz ko‘zingizni quvontirsin Azizlar!