William Faulknerning nobel mukofoti bilan taqdirlash marosimida so'zlagan nutqi!!!

William Faulknerning nobel mukofoti bilan taqdirlash marosimida so'zlagan nutqi!!!

Davrimizning fojiasi shundaki, biz, hammamiz yoppasiga hayvoniy qo'rquv bilan yashab kelmoqdamiz. BU - uzoq vaqtdan beri davom etib kelayotganidan qo'rquvga o'rganib ham qoldik. Inson ruhiyatiga tegishli hamma masalalardan faqat bittasi qoldi: qachon bizni qirib tashlasharkan? Shuning uchun ham hozirgi yosh qalam - kashlar haqiqiy adabiy va azob chekishga arziydigan mavzu odam o'zi bilan o'zi kurashishi maummosini unutib qo'yadilar. Yozuvchi bular haqida o'ylab ko'rishi, qo'rquv eng pastkash hissiyot ekanini tushunib yetishi va nihoyat, o'z "USTAXONASIDAN" yurak haqiqatini, asarni abadiylikka doxil qiladigan muhabbat, or-nomus, muruvvat, g'urur, rahm-shafqat, fidoyilik kabi azaliy va abadiy qadriyatlardan boshqa barchasini chiqarib tashlamog'i kerak. Agarda yozuvchi shunday qilmas ekan, uning asari ustida la'nat toshlari o'ynab turadi. U muhabbat haqida emas, shahvoniyat, beziyon mag'lubiyatlar, umidsiz g'alabalar haqida va eng yomoni - achinmasdan, hamdard bo'lolmasdan yozadi. Uning qadrini hech kim tushunmaydi, bu dardlar hech qaysi qalbda iz qoldirmaydi. U insoniy qalb haqida emas, balki jismoniy faoliyat haqida yozgan bo'ladi. Yozuvchi shularni tushunib yetmaguncha, chetdan turib kuzatayotgan odamdek, insoniyatning halokatga yuz tutishi haqida yozadi. Men insoniyatning halokati haqidagi fikrni rad etaman. Odam bolasi hamma narsaga chidayvergani uchun insoniyatni mangu deyish oson. Zulmatning bir chekkasidagi qonli shafaq uzra ilinib turgan qoyadan eng so'nggi qo'ng'iroq nolasi uzilganda ham bitta so'nmas ovoz - ODAM ovozi qoladi, degan gaplarni tan olmayman. ODAMZOD nafaqat tirik qolishiga, balki tantana qilishiga ishonaman. Uning manguligi ovozining so'nmasligida emas, balki o'z xususiyati va ruhiyatiga ko'ra rahm-shafqatga, fidoyilikka, matonatga moyilligidadir. Yozuvchi vashoirning burchi - shular haqida yozish, mardlik, or-nomus, umid, rahm-shafqat, muruvvat, fidoyilik kabi insonga xos azaliy iftixorni mustahkamlash yo'li bilan odamlar qalbida madad berishdan iborat. Ularning ovozi, shunchaki aks-sado bo'lmasdan, odam hayot sinovlariga bardosh berishi va tantana qilishi uchun zamin, tayanch bo'lmog'i lozim . . . 1950 yil

Manba: "Qissa va hikoyalar" kitobidan