Diqqat! Abituriyentlar!

Diqqat! Abituriyentlar!

Hurmatli abituriyentlar! Bugungi kunning eng ajoyib yangiliklaridan biri bilan tanishing! «Abituriyent Info» jurnali sizning diqqatingizga havola etilmoqda!

«Abituriyent Info» jurnalini chop etish g`oyasi yurtimizning yetakchi abituriyentlar tayyorlash markazlari (ATM) tomonidan ma`qullandi va uning mundarijasi ustida mutaxassislar maslahati asosida faoliyat boshlandi. Jurnalni mazmunan boyitish, materiallar chop etish borasida ATM larning o`qitish dasturlari asos bo`lib xizmat qiladi.  Testlar asosan 8 muhim fan asosida tuzilgan. Bular, matematika, fizika, kimyo, biologiya, ona tili, tarix, rus hamda ingliz tili. Ushbu fanlarning har biridan 2 xil; oson hamda murakkab variantdagi testlarning berilishiga esa tayyorgarlik darajasi har xil bo`lgan abituriyentlarning talab va ehtiyojlari inobatga olingani sabab, deyish mumkin. Shuningdek jurnalimizda o`quvchi yoshlarning katta qismi ehtiyoj sezayotgan, bugungi zamon talabiga aylanib ulgurgan IELTS tizimi testlari ham berib boriladi.

 

  Yaqin kelajakda siz o`quvchilarning mulohazalari, talab va istaklarini o`rganib chiqqan holda qo`shimcha materiallar tayyorlash va nashr qilish ham rejamizda bor. Xullas, yurtimizda abituriyentlar, ilmga chanqoq yoshlar bor ekan, biz bu borada ularni o`ylantirayotgan masalalar, qiziqtirayotgan ma`lumotlarni taqdim etish, bu borada barcha kuch imkonimizni sarflashga tayyormiz. Sizda esa o`z yo`lingizni to`g`ri tanlash, bilimlar olamini zabt etib sinovda muvaffaqiyat qozonish uchun layoqat ham sharoit ham yetarli. Bunga imonim komil!
  Unutmang! Ilm, saodat kalitidir!
 
                  Hamza HAYOT