Abituriyent info 3

Abituriyent info 3

Sotuvda mavjudligi:
sotuvda mavjud

Muallif: Hamza Hayot
Kitob tili: O'zbekcha (lotin alifbosi)
Muqova turi: Yumshoq
Betlar soni: 44
Narxi: 6600 UZS QQS siz: 6600 UZS
Savatga olish
Tavsif

Tayyorgarligingizga to`sqinlik qilayotgan narsa kino yoki do`stingizning tug`ilgan kuni emas, balki o`zingizning irodangizdir.

Ijobiy natijaga erishish uchun odamga xalaqit beradigan har qanday unsur dushman hisoblanadi. Sizning oldingizda ham hazilakam marra turgani yo`q. Unga erishish uchun dushmanlarni kuchsizlantirish, yengish kerak. Demak, birinchi g`anim – erinchoqlik.  Ikkinchisi – uyqu. Uchinchisi va eng zararli dushman, o`z kuchi va bilimiga emas kimningdir ko`magiga ishonishdir. Agar siz test sinovlariga tayyorlanish jarayonida ana shu illatlarni yenga olsangiz siz talaba bo`lasiz. Bo`lmasa yo`q.

Ha, aytgancha! Yana bir gap. Sizga qo`lingizdagi bilan hisoblaganda shu paytgacha jurnalimizning 3 ta soni yetib bordi. Agar siz o`zingiz tayyorlanayotgan fanlardan jurnalda berilgan testlarni to`liq to`g`ri yechgan bo`lsangiz bu sizga talabalikni kafolatlaydi, degani emas. Zotan “Abituriyent Info” jurnali bunga vakolatli ham emas. Biz faqat sizning tayyorgarlik darajangizni sinovdan o`tkazishingizga imkon beramiz xolos.

Yaqinda bir anjumanda shunday bir fikr qulog`imga chalindi: “Qo`liga tushgan testni qoyillatib yechub qo`ygan abituriyent talaba bo`ladi, degan tushuncha – xato! Talabalikka erishish uchun ko`p kitob o`qish kerak!”

 

Sharhlar (0)

Sharhlash



Izoh: HTML tahrirlash uslubi ishlamaydi! Oddiy matn kabi tering.

Yomon            Yaxshi