Abituriyent info 2

Abituriyent info 2

Sotuvda mavjudligi:
sotuvda mavjud

Muallif: Hamza Hayot
Kitob tili: O'zbekcha (lotin alifbosi)
Muqova turi: Yumshoq
Betlar soni: 48
Narxi: 6600 UZS QQS siz: 6600 UZS
Savatga olish
Tavsif

Barcha xalqlarda donolik, ilm aynan boyqush timsolida ifodalanadi. Shunga bevosita bog`liq holda donolik har qanday jumboqni yechuvchi kalit  hisoblanadi. Boyqush panjalaridagi kalit aynan shuni bildiradi.

            Men shu gaplarni yozyapmanu abituriyentlik davrim ko`z oldimdan o`tyapti. O`shanda imtihonga eltuvchi yo`l qandaydir qorong`u, odamni qo`rquv va xavotirga soladigan holatda ko`rinardi. Yorug`lik va halovatga erishish uchun esa qo`rquvni yengib, o`sha qorong`ulik qo`yniga sho`ng`ib marraga intilishdan boshqa yo`l yoq edi. Bu esa aynan qahramonimiz boyqushga xos xususiyat. Tun qorong`u bo`lgani bilan insonga beradigan foydasi juda ko`p. Ayniqsa ilmu ijod ahliga. Bu paytda atrof sokin va osuda, miyani chalg`ituvchi na bir sabab , na bir holat bor. Boyqush donoligi uchun ham shu imkondan ustalik bilan foydalanadi. Nigohi nihoyatda o`tkir bo`lib hatto eng kichik zarrayu harakatni ham nazardan qochirmaydi.

            Maqsadga yetish yo`lida boyqushdan o`rganish mumkin bo`lgan (ayniqsa abituriyent uchun) yana bir jihat, faqat o`ziga ishonishdir. Barcha mas`uliyatni o`z bo`yniga olib, hech kimdan madad kutmay, har qanaqa holatga tayyor bo`lib maydonga otilishdir. Oramizda  gala u yoqda tursin, ikkita boyqushni bir joyda ko`rganlar bormi? Yo`q! Yakka o`zi, yo`lg`iz yursa ham yurakka hadik soladi, tashrifi bilan har qanday jonzotni sergaklantiradi.

            Imtihonga hali bor… Kech bo`ldi, degan tushunchaga hali erta. Demak, gadjetlarni vaqtinchalik “uyqu”, abituriyentlik davrimizni “boyqush” rejimiga o`tkazamiz. Chalg`imasdan, cho`chimasdan tayyorgarlikni davom ettiramiz.

Sharhlar (0)

Sharhlash



Izoh: HTML tahrirlash uslubi ishlamaydi! Oddiy matn kabi tering.

Yomon            Yaxshi