Abituriyent info 4

Abituriyent info 4

Sotuvda mavjudligi:
sotuvda mavjud

Muallif: Hamza Hayot
Kitob tili: O'zbekcha (lotin alifbosi)
Muqova turi: Yumshoq
Betlar soni: 48
Narxi: 6600 UZS QQS siz: 6600 UZS
Sotib olish
Tavsif

Oldiga kitobni uyvolib, boshini panjalari orasiga olgan abituriyent borki, sinovlar yaqinlashgani sayin shu savolni o`ziga ko`proq beryapti. To`g`rida, bir qarasang informatsion texnologiyalar haqida bong urilyapti, yana bir qarasang adabiyot sohasi – kun tartibida, yoki tibbiyot borasida chet elda o`qish uchun grantlar… Xullas, bosh qotishi – aniq!

Yaxshi davrda yashayapmiz. Hamma sohaga e`tibor bor,rivoj va taraqqiyot uchun sharoit muhayyo. Kuni kecha televizorda smartfonlarning yangi avlodini o`ylab topgan o`zbek talabasi haqida lavhani ko`rib unga havasingiz keldi. Bugungi gazetada esa huquqiy savodxonlikni oshirishga qaratilgan mobil ilovani e`lon qilgan yana bir talaba haqida ochiq o`qidingizu, o`zingizni ularning o`rniga bir oz qo`yib ko`rdingiz. Juda yoqimli holat a? Men ham shunaqa yutuqlarga erisharmikinman, deb jonhalak bo`lsangiz, oromingizni yo`qotsangiz, biling ki, sizda buning uchun ishtiyoq va layoqat yetarli. Bu yo`lda qo`yiladigan navbatdagi qadam esa, o`zingiz orzu qilgan soha mutaxassislarini tayyorlaydigan dargoh talabasi bo`lish.

Aslida, yutuqlari bilan tanilayotgan yoshlar ham yuzlab, minglab yoshlar orasidan shunchaki tasodif tufayli chiqib qolmagan. Ular abituriyentlik, hatto bolalik davridanoq o`z mutaxassisligi va yo`nalishini to`g`ri belgilay olganlardir. Aynan shunday!

Yo`nalishini to`g`ri belgilab olganlar!

Bugun zamon boshqacha. Lekin hozirgi kunda ham diplomatiya, huquq, iqtisod, moliya kabi sohalarni serdaromad deb o`ylab, “shuni bitirsam katta odam bo`laman” deb yurganlar talaygina. Bu – xato! Agar siz tarixiy sanalar va voqealarni yaxshi eslab qolsangiz, iqtisodiyotdan ko`ra tarix-huquqqa murojaat qilganingiz ma`qul. Agar matematikadan sinfda eng a`lochi bo`lsangiz, diplomatiyadan ko`ra moliya sohasi tomon yurganingiz ma`qul. Agar siz adabiyotni sevib, ko`p kitob o`qigan bo`lsangiz, tadbirlarda faol ishtirok etgan bo`lsangiz  texnika emas, san`at, madaniyat, jurnalistika sohalarida ko`proq zafar quchishingiz mumkin.

Albatta, qaysi fandan test yechishu qaysi oily o`quv yurtiga topshirish har kimning o`z ishi! Lekin, siz qo`yadigan bu qadam ertaga butun hayotingiz yo`lini, kelajagingizni, ta`bir joiz bo`lsa ro`zg`oringiz ahvolini belgilab beradi. Birinchi qadam noto`g`ri   bo`lganidan keyin u yo`lda qancha yurilsa ham befoyda…  

“Katta odam” bo`lish uchun “katta joy”da o`qish emas, katta bilimga ega bo`lish kerak!

Omad yor bo`lsin!

Sharhlar (0)

Sharhlash



Izoh: HTML tahrirlash uslubi ishlamaydi! Oddiy matn kabi tering.

Yomon            Yaxshi