Bahor qaytmaydi

Bahor qaytmaydi

Nashriyot: Yangi asr avlodi
Sotuvda mavjudligi:
sotuvda mavjud

Muallif: O`tkir Hoshimov
Kitob tili: O'zbekcha (lotin alifbosi)
Muqova turi: Yumshoq
Betlar soni: 278
Narxi: 11700 UZS QQS siz: 11700 UZS
Savatga olish
Tavsif

O'tgan asrning 60-70-yillarida o'zbek adabiyoti juda katta iste’dodlarni qabul qildi. Ham nazm, ham nasr, ham publitsistika o'quvchilarni maroqli mutolaaga, mushohadaga chorladi. Biz O'tkir Hoshimovni aynan o‘sha avlodning zabardast vakili sifatida taniymiz hamda asarlarini zavq bilan qayta-qayta o'qiymiz. O'tkir Hoshimovda nafosat tuyg'usi behad kuchli. Uning qahramonlari aksari go'dakday beg'ubor, nafosat tuyg'siga boy, hissiyotli, o‘ta ta’sirchan odamlardir.

“Bahor qaytmaydi” qissasi 1969-yilda yozilgan. Qissada yozuvchi iste’dodli, biroq uning qadriga yetmagan, ulug' maqsadlardan mahrum xudbin yigitning tanazzul tarixini, ruhiy-ma’naviy inqirozini san’atkorona tahlil etib bergan. Oradan o'tgan 45 yil qisqa muddat bo'lmasa-da, voqealar bugun ham davom etyapti. Hayotdagi Alimardon To'rayevlar uchun ushbu asar ko'zgu, hayotiy saboq bolsa, ajab emas.

 

Sharhlar (0)

Sharhlash



Izoh: HTML tahrirlash uslubi ishlamaydi! Oddiy matn kabi tering.

Yomon            Yaxshi