Basic vocabulary

Basic vocabulary

Nashriyot: Davr press
Sotuvda mavjudligi:
sotuvda mavjud

Muallif: Muslimbek O'rinov
Kitob tili: Inglizcha
Muqova turi: Yumshoq
Betlar soni: 115
Narxi: 7800 UZS QQS siz: 7800 UZS
Savatga olish
Tavsif

Assalomu alaykum, ingliz tilini o‘rganishni endigina boshlagan aziz o'rganuvchilar! Qo'lingizdagi ushbu qo'llanma kitob «Basic Vocabulary» deb nomlangan bo'lib,siz asosan ingliz tilidagi juda ham muhim bo'lgan so'zlar bilan yanada yaqindan tanishib olasiz. Ushbu kitobning eng asosiy maqsadi — ingliz tilini o'rganishni boshlovchilar uchun kundalik turmushda juda ko‘p ishlatiladigan 1000 ta eng muhim o'zbekcha tarjima bilan yetkazib berishdir. Bundan tashqari, ingliz tilini ko‘p yillardan  beri o'rganayotgan o‘quvchilar ham ushbu kitobdan oldin yodlagan so'zlarini takrorlash maqsadida keng miqyosda foydalanishlari mumkin. Kitobda jami 50 ta dars (lesson) mavjud. Har bir dars ikki qismga: Part A va Part B bo‘lingan bo'lib, har bir qismda 10 tadan so‘z tushuntirilgan va so‘ngida qisqa 4 ta to‘plami keltirilgan. Albatta, boshqa ko'pchilik qo'llanma-kitoblarda mavjud bo'lganidek, ushbu qo‘llanmaning so'nggi sahifalarida ham «Answer Key», ya'ni va topshiriqlarning javob kalitlari berilgan.

Umumiy statistik jihatdan olib qaraganda, kitobni mukammal va puxta ravishda o'qib chiqish orqali 1000 dona eng muhim va asosiy so‘z bilan tanishib chiqasiz. Kitobdagi materiallar siz aziz o‘rganuvchilarni hech ham zeriktirib qo'ymaydi, chin  dildan umid qilamiz!

Sharhlar (0)

Sharhlash



Izoh: HTML tahrirlash uslubi ishlamaydi! Oddiy matn kabi tering.

Yomon            Yaxshi