Bir kun kelib kompyuterni bilmagan kishi o‘qish-yozishni bilmaydiganlarning holiga tushib qoladi degan taxminlar bugun o'zini to‘la oqlab turibdi. Zero, axborot texnologiyalari hayotimizga shu qadar chuqur kirib oldiki, uningsiz na mehnat faoliyatimizni, na kundalik hayotimizni tasavvur eta olamiz. Demak, bugun inson tafakkurining ushbu mahsulidan samarali foydalana olganlargina yutadi. Shuni inobatga olgan holda mazkur qo‘llanmani chop etishga qaror qildik. Kitob oliy o'quv yurtlariga kirishga tayyorgarlik ko'rayotgan abituriyentlar, mazkur sohaga qiziquvchi keng kitobxonlar ommasiga mo‘ljallangan.