Ona tilimizda bitilgan bolalar adabiyotini boyitish ishlariga qo'ldan kelgancha hissa qo'shish maqsadida jahon adabiyotining durdonalari sanaladigan ayrim asarlarni o'zbek tiliga tarjima qilib borishga ahd qildim va ishni Buyuk Britaniyalik bolalar yozuvchisi Joanna Ketlin Rouling qalakiga mansub yetti qismli «Garri Potter» asaridan boshladim. Ushbu asar juda mashhur bo‘lib, ko'plab jahon tillariga tarjima qilinganidan xabaringiz bor, albatta. Shunday ekan,yoshlarimizning o‘z zamondoshlaridan ortda qolishiga yo'l qo'yib bo'Imasligi haqida o'ylab, Mariya Viktorovna Spivak tomonidan rus tiliga tarjima qilingan «Garri Potter» romanlar turkumini davlat tilimizga, o 'zbek tiliga o'girdim.
Asar ustida ishlar ekanman, jonajon o‘zbek tilimizning cheksiz boyligidan samarali foydalanish, kitobxonning go'zal tilimizga bo‘Igan hurmati va muhabbatini qo‘llab-quvvatlashga urindim.
Asarni o‘qigan yosh kitobxon murakkab hayotning ko ‘p jihatlari, yaxshi-yomonliklari, oq-u qorasi, yovuzlik bilan ezgi o'rtasidagi mangu kurashdan oz bo‘lsa-da voqif bo‘lishi qiziqarli ma'lumotlar bilan tanishib, bilimi oshishiga shubha yo'q.