Robinzon Kruzoning hayoti va ajoyib sarguzashtlari

Robinzon Kruzoning hayoti va ajoyib sarguzashtlari

Sotuvda mavjudligi:
sotuvda mavjud

Muallif: Daniel Defo
Kitob tili: O'zbekcha (lotin alifbosi)
Muqova turi: Qattiq
Betlar soni: 235
Narxi: 16900 UZS QQS siz: 16900 UZS
Savatga olish
Tavsif

Bu kitobning yozilganiga ikki yuz yildan ham ko'p bo‘lgan. Uni ingliz yozuvchisi Daniel Defo yozgan.Defo uzoq umr ko‘rgan. U ko‘p kitoblar yozgan, ammo bulardan hech biri „Robinzon ...“ singari muvaffaqit qozonmagan.

Uning bu kitobi butun dunyoga mashhur bo'lib ketdi.Lekin shunisi ham borki, bosilib chiqishi bilan  katta muvaffaqiyat qozongan bo‘lsa-da, oradan ko'p o‘tmay o‘z shuhratini yo‘qotgan va kitobxonlar unutib  yuborgan kitoblar ozmuncha emas! Biroq Robinzon haqidagi kitob hali yashayapti. Bu kitobni ota-bobolar hayajon bilan o‘qigan bo‘lsa, nabiralar ham xuddi shunday  hayajon bilan o‘qiydi.

Robinzonning mehnatkash, benihoya g‘ayratli odam  bo‘lganligi kishini ayniqsa qiziqtiradi. Boshqa odam uning  o‘mida bo‘lib, o‘lim xavfi ostida qolsa, ehtimol halok bo‘lib ketgan bo‘lardi. Robinzon tabiatning dahshatli kuchlariga qarshi lahzama-lahza olib borgan kurashdan  hormas qo‘llarini bir nafas yig‘sa, unga qarshi bormasa bo‘ron keltirib tashlagan shu huvullagan orol unga qabr bo‘lardi. Ammo Robinzon mehnatsevar, matonatli va har  qanday to‘siqqa qarshi boradigan va oxiri o'z niyatiga erishadigan odam.

 

Sharhlar (0)

Sharhlash



Izoh: HTML tahrirlash uslubi ishlamaydi! Oddiy matn kabi tering.

Yomon            Yaxshi