Hikmatlar

Hikmatlar

Nashriyot: O`zbekiston NMIU
Sotuvda mavjudligi:
sotuvda mavjud

Muallif: Sa'diy Sheroziy
Kitob tili: O'zbekcha (lotin alifbosi)
Muqova turi: Qattiq
Betlar soni: 246
Narxi: 7920 UZS QQS siz: 7920 UZS
Savatga olish
Tavsif

Xalq maqollariday jaranglovchi sermazmun hikmatlari va ibratli rivoyatlari tufayli Hayot muallimi deb ulug'langan, «Bo‘ston» va «Guliston» kabi pandnoma asarlari asrlar davomida Sharq mamlakatlaridagi maktab va madrasalarda asosiy darsliklar qatorida o'qitilgan buyuk so‘z san'atkori Shayx Muslihiddin Sa’diy Sheroziy qalamiga mansub mazkur tafakkur durdonalari u qoldirgan boy adabiy meros ichidan tanlab olindi. Bu hikmatlar o‘z davrining barcha ilmlarini egallagan alloma, dunyo kezib, hayotni har tomonlama o‘rgangan jahongashta donishmand, Olam va Odam mohiyati ustida bir umr mushohada yuritgan mutafakkir, dunyoni mukammal, hayotni to‘kis, insonni barkamol ko‘rishni orzu qilgan, bani bashar taqdiri uchun mas'ul zotning rang-barang o‘y-fikrlari, teran falsafiy umumlashmalari, purma’no hayotiy xulosalaridir.

Shayx Sa'diyning muhtasham hikmatxonasidan dastalangan ushbu to'plam hikmatsevar xalqimizga munosib tuhfa bo‘lishiga ishonamiz.

Sharhlar (0)

Sharhlash



Izoh: HTML tahrirlash uslubi ishlamaydi! Oddiy matn kabi tering.

Yomon            Yaxshi