Mehrigiyoh

Mehrigiyoh

Nashriyot: O`zbekiston NMIU
Sotuvda mavjudligi:
sotuvda mavjud

Muallif: Ochilov Ergash
Kitob tili: O'zbekcha (lotin alifbosi)
Muqova turi: Qattiq
Betlar soni: 308
Narxi: 8725 UZS QQS siz: 8725 UZS
Savatga olish
Tavsif

Xalq so‘zi bilan aytiladigan ashulalar hamma davrlarda barcha toifalaming hamisha sevib tinglaydigan qo‘shiqlari bo‘lganligini e’tiborda tutib, <<Mashhur qo‘shiqlar kutubxonasi» ruknini milliy qo'shiqchiligimizning oltin fondidan joy olgan eng mashhur ashulalardan dastalangan kitob bilan boshlashni ma’qul topdik. Chunki xalq og‘zaki ijodi yozma adabiyotning sarchashmasi hisoblanadi. Xalq ijodkorligining bebaho durdonalari bo‘lgan mazkur qo‘shiqlarning shakli ixcham, mazmuni chuqur va serqirra, timsol-u tashbehlari go‘zal va betakror, so‘z va iboralari nozik, ta’sirchan, tili sodda va tushunarli, uslubi ravon va jarangdor bo‘lganligi uchun ham qadimdan keng tarqalgan va ommabop bo‘lgan. Shuning uchun ham san’atkorlar xalq qo‘shiqlariga doimiy ravishda murojaat qilib kelishgan. Xalq baxshilari va folklor ijrochilari og‘zidan yozib olingan she’r-u qo‘shiqlar emas, balki aynan kuyga solinib. hofizlar va xonandalar tomonidan ijro etib kelinayotgan ashulalardan tartib berilganligi jihatidan mazkur majmua madaniyat va san’at ahli uchun o‘ziga xos qo‘llanma bo‘lishi bilan birga qo‘shiqsevar xalqimizga ham munosib tuhfa bo‘ladi.

Sharhlar (0)

Sharhlash



Izoh: HTML tahrirlash uslubi ishlamaydi! Oddiy matn kabi tering.

Yomon            Yaxshi