Pollianna Elinor Porter

Pollianna Elinor Porter

Sotuvda mavjudligi:
sotuvda mavjud

Muallif: Komila Nosirova
Kitob tili: O'zbekcha (lotin alifbosi)
Muqova turi: Qattiq
Betlar soni: 255
Narxi: 28600 UZS QQS siz: 28600 UZS
Savatga olish
Tavsif

«Pollianna» asari ilk bor kitob holida 1912-yilda nashr qilingan. Uning muallifi - mashhur amerikalik yozuvchi Elinor Porteming (1868-1920) vafot etganiga ko‘p yillar bo'ldi, kitobning ilk muxlislari buva va buvilarga aylanishgan, lekin Pollianna ismli qizaloq hali ham yosh o'quvchilar uchun qadrdonligicha qolmoqda.

Elinor Porter Nyu-Gempshirda tug'ilgan. Elinor bolaligidan musiqaga qiziqqanligi sabab, hamma uni qo‘shiqchi bo'ladi, deb o‘ylardi. Bostondagi musiqa maktabida ta'lim olgandan so‘ng u chindan ham cherkov va oqsuyaklar xorlarida kuyladi. Biroq turmushga chiqqach, musiqani tashladi. Keyinroq u Nyu-Yorkka ko‘chib o‘tdi. U yerda birin-ketin hikoyalar to‘plami va birinchi romani «Oqimni kesib o‘tish»ni yozdi. Bu asarlari bilan jamoatchilik e'tiboriga tushdi. Haqiqiy shuhratni esa unga «Pollianna» olib keldi. Elinor Porter bu asarni Nyu-Yorkdagi uyining tomida bunyod etilgan bog‘da yozdi. Muallifning aytishicha, u bundan yaxshiroq sharoitni orzu ham qilolmasdi. «Pollianna» o‘quvchini mulohaza qilishga chorlashi bejizga emas...

«Pollianna» amerika bolalar adabiyotining mumtoz namunasiga aylangan. Eng nufuzli nashriyotlar uni Luiza Olkottning «Kichkina ayollar» yoki Meri Dojning «Kumush konkilar» singari asarlari qatorida nashr qiladi.

Kitob bir necha bor ekranlashtirilgan.

Sharhlar (0)

Sharhlash



Izoh: HTML tahrirlash uslubi ishlamaydi! Oddiy matn kabi tering.

Yomon            Yaxshi